"Lokomotiv" bu yilgi mavsumda faqat "Nasaf"dan yutqazdi
14 avg 2015 00:35
Yangiliklar
"Lokomotiv" bu yilgi mavsumda faqat "Nasaf"dan yutqazdi
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi ushbu mavsumda ichki chempionat va kubok bahslarida atiga ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchradi.
"Lokomotiv" jamoasi chempionatda hozirgacha o'tkazilgan 17 uchrashuvda faqatgina bir marotaba yutqazgan. Vadim Abramov boshchiligidagi "temiryo'lchilar" 3-turda Qarshida "Nasaf"dan engilishgan edi. Kuni kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston kubogi yarim final dastlabki o'yinida ham "Loko" futbolchilari "Nasaf"ga imkoniyatni boy berishdi.
SHu kungacha ular "Nasaf" bilan ikki bor to'qnash kelishgan bo'lsada, har ikkala bellashuvda ham birorta gol kirita olishgani yo'q.
CHempionat bahsida 1:0, kubok o'yinida 2:0 hisobida mag'lub bo'lishdi.
SHu tariqa hozirgacha "Paxtakor" va "Bunyodkor" kabi etakchilarni ham mag'lub eta olgan "Loko" Ro'ziqul Berdiev jamoasiga qarshi muvaffaqiyat qozona olmayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar