"Lokomotiv" bolalari xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Turkiyaga jo'nab ketishdi
30 okt 2014 16:18
Yangiliklar

"Lokomotiv" bolalari xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Turkiyaga jo'nab ketishdi
"Lokomotiv"ning 2003 yilda tavallud topgan bolalardan tashkil topgan jamoasi Turkiyada bo'lib o'tadigan xalqaro turnirda ishtirok etish uchun bugun jo'nab ketishdi.
Alisher Bozorov murabbiylik qilayotgan ushbu jamoa Rossiyaning Barnaul shahrida bo'lib o'tgan "Lokobol-2014" turniri sovrindori bo'lib qaytishgandi va aynan o'sha turnirdan so'ng ular Turkiyadagi musobaqaga taklif olishdi.
Bu turnirda Erkin Saidov boshchilik qilayotgan Toshkentgning "Lokomotiv" futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan tashqari "Galatasaroy", "Fenerbaxche", "Fiorentina", "Zenit", "Lokomotiv" (Moskva), "SHaxtyor" kabi bir qator mashhur futbol klublarining akademiyalarida tarbiyalanayotgan bolalar ham ishtirok etishadi.
Ushbu nufuzli xalqaro turnirda "Lokomotiv" bolalariga muvaffaqiyat tilaymiz.

Fikrlar