So’nggi yangiliklar

07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  2 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0

"Lokomotiv-BFK" Oltiariqda so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol evaziga mag'lubiyatga uchradi (to'liq sharh) Yangiliklar

"Lokomotiv-BFK" Oltiariqda so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol evaziga mag'lubiyatga uchradi (to'liq sharh)

PRO-liganing 6-turida "Iftixor" klubi o'z muxlislari qarshisida Toshkentning "Lokomotiv-BFK" klubini qabul qildi.

Uchrashuv "Iftixor" jamoasining ustunligi ostida boshlashdi. O'yin boshidayoq "Iftixor" ketma-ket hujumlar uyushtira boshladi. Mezbonlar safida tajribali futbolchilardan Said Abdujabborov, Akmal Xolmatov, Oyatullo Muxiddinovlar tomonidan yo'llangan ketma-ket zarbalarni "Lokomotiv BFK"  posboni katta qiyinchilik bilan bartaraf etgan bo'lsa, bazi vaziyatlarda "Iftixor" futbolchilarining  zarbalariga aniqlik etishmadi."Lokomotiv BFK" qarshi hujum taktikasiga asoslanib o'ynadi. Birinchi bo'lim 0:0 hisobida yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'lim ham mezbonlarning hujumlari bilan boshlandi.Ketma-ket zarbalar, mehmonlar jarima maydoni atrofida sodir etilgan hujumlarni "Lokomotiv BFK" futbolchilari bir amallab qaytarishga erishishdi.  Uchrashuvning 57-daqiqasida mezbonlarning tajribali futbolchisi Akmal Xolmatov raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, gol urdi, biroq yon hakam o'yindan tashqari xolatni qayd etdi va gol inobatga olinmadi.  SHuningdek, ko'pgina vaziyatlarda "Iftixor" futbolchilariga omad ham etishmadi. Nihoyat uchrashuvning 85-daqiqasida hisob ochildi. "Iftixor" futbolchisi Hasanboy Ergashev mehmonlar darvozasiga kuchli zarba bilan gol urib, hisobni 1:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. Goldan keyin "Lokomotiv BFK" jamoasi jonlandi. Jamoa mezbonlar darvozasi tomon hujumlar uyushtirdi, lekin bu hujumlar samara keltirmadi va yakunda mezbonlar kichik 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. SHu kuni uchrashuvda "Lokomotiv BFK" posboni Ulug'bek Abdumalikov yorqin o'yin ko'rsatganligini takidlab o'tish joiz.

Pro-liga
6-tur
"Iftixor" - "Lokomotiv BFK" - 1:0 (0:0)
 Hakamlar: 
T.To'xtasinov (Andijon), R.Fozilov (Namangan), M.Nexochin (Namangan).
Nazoratchi – F.Hasanov (Namangan).
Komissar – B.Namozov.
Gol: Hasanboy Ergashev - 85.
Ogoxlantirishlar: Said Abdujabborov 52, Rustam Hazratqulov 65, Timur Fayzullaev 80, Tursunboy Xusanov 84, Saidmaxmud G'ulomov 84.
"Iftixor": 16. Xurshid Muhammadov, 3. Hasanboy Ergashev, 4. Tursunboy Husanov, 8. Akmal Xolmatov (25. Ilhom Aliboev-90), 9. Oyatullo Muhiddinov, 10. Dilmuhammad Xudoyberdiev, 13. Umil Matmusaev (5. Muhamadzoir Tursunov-63), 17. Farrux Axunov (22. Orif Mamajonov-46), 19. SHuhrat O'rinboev (14. Muhiddin Yusupov-76), 21. Nodir Yuldashev (23. Isroil Muxtoraliev-90), 77. Said Abdujabborov.
Zaxira: 1. Ilhom Jumanov, 20. Asror Tillovoldiev.
 “Lokomotiv-BFK”: 1. Ulug'bek Abdumalikov, 4. Sardor Ismoilov, 8. Rustam Xazratqulov, 10. Saidmahmud G'ulomov, 11. Timur Fayzullaev, 12. Mansur Po'latov, 13. Aleksandr Belyakov, 19. Islom SHaripov (S), 20. Azizbek Tohirov, 21. SHoxruh Nuriddinov, 24. Hayotbek Sotvoldiev(Ergashev Timur-46)
Zaxira: 16. SHahzod Madaminov, 6. Elyor Omonjonov, 22. Xayot Farmonov, 27. Saidmirzo To'xtasinov, 28. SHoxruh Murotov, 29. Hamidullo Sobirov.


Bekzod Tolibov Oltiariqdan championat.asia uchun mahsus

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика