So’nggi yangiliklar

20:54Назорат ўйини. "Насаф" "Енисей"га ютқазди  7 20:23"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги марказий баҳс учун таркиблар маълум!  11 20:13"Атлетико" ўз уйида "Мальорка"ни тор-мор этди  3 20:01Назорат баҳси. Самарқанднинг "Динамо"си Россиянинг 6 карра чемпиони ЦСКАни мағлуб этди  26 19:30"Актобе" Португалия терма жамоаси афсонаси Луиш Нани билан шартнома имзолади  6 19:15ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум  24 18:53Луис Энрике ПСЖ футболчисининг "Атлетико"га ўтишига тўсқинлик қилди  1 18:21Бернарду Силва "Барселона"га ўтмоқчи, аммо каталонияликлар иккиланишмоқда  8 17:59"Кристал Пэлас" - "Челси", "Ньюкас" - "Астон Вилла". Таркиблар маълум  4 17:44Алан Ширер: "Ливерпуль"нинг ўйинида барча жабҳада муаммолар бор"  0 17:10Эден Азар: "Мбаппе "Олтин тўп"ни қўлга киритиши учун нима қилиши керак?"  1 16:44Тибо Куртуа: "Барселона" бизнинг натижаларимизга эътибор қаратмай, ўз дунёсида яшамоқда"  5 16:03Арне Слот Салоҳни яна захирада қолдириши мумкинми? Мураббий жавоб берди  1 15:44Хаби Алонсо "Ливерпуль" билан музокаралар олиб бормоқда, Слотнинг курсиси қимирлаб қолди  10 15:36Назорат ўйини. "Қизилқум" "Спартак-2"ни мағлуб этди  5

"Lokomotiv": “Antalya Cup”dan medallar bilan Yangiliklar

"Lokomotiv": “Antalya Cup”dan medallar bilan

Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan “Antalya Cup” bolalar futbol festivalida ishtirok etgan “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ortga sovrin bilan qaytadigan bo'lishdi.

Ushbu musobaqada qatnashgan “Lokomotiv” futbol maktabining 2006 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari 1-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, 2004 yilda tavallud topgan futbolchilarimiz 3-o'ringa sazovor bo'lishdi.

Biz qo'lga kiritilgan ajoyib yutuq bilan “Lokomotiv” futbol maktabi direktori Erkin Saidovni, murabbiylar – Otabek Mansurov, Sunnat Ro'ziev, Dilshod Atamuhamedov hamda yosh futbolchilarimizni chin dildan tabriklaymiz. SHuningdek, “Lokomotiv” futbol klubi bosh homiysi – “O'zbekiston temiryo'llari” akcionerlik jamiyati rahbariyatiga ham jamoamizga ko'rsatayotgan g'amxo'rligi uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Eslatib o'tamiz, “Loko-2004″ futbolchilari o'z guruhlarida “Fenerbahche” (Turkiya), “Buyukshehirspor” (Turkiya) va “Antalyaspor” klublariga qarshi bahs olib borgan bo'lsa, 2006 yilda tavallud topgan futbolchilarimiz “Lokomotiv-2006″ (Moskva), “Lokomotiv-2005″ (Moskva), “SHimshekspor” (Turkiya), “Antalyaspor-2005″ (Turkiya), “Antalyaspor-2006″ (Turkiya) jamoalari bilan bir guruhdan joy olishdi. O'yinlarda qayd etilgan natijalarni esa rasmiy saytimiz orqali berib bordik.

Festival yakunida odatdagidek g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Bizni quvontirgan jihati, to'rt nafar futbolchilaimiz o'z chiziqlari bo'yicha eng yaxshilar qatoridan joy olishdi:

Eng yaxshi darvozabon – Uchqunov Muhammadsiddiq (“Loko-2006″)
Eng yaxshi himoyachi – Aymar Xazigaliev (“Loko-2006″)
Eng yaxshi himoyachi – Kozimov Bahrom (“Loko-2004″)
Eng yaxshi to'purar – Galeev Karim (“Loko-2004″)

“Loko” tarbiyalanuvchilari Turkiyadan 9 noyabr (dushanba) kuni ertalab Toshkentga qaytib kelishadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика