Lokomotiv Antaliyada. O'ninchi kun. Jamoa futbol maydonida mashg'ulot o'tkazdi
09 fev 2017 07:30
Yangiliklar


Lokomotiv Antaliyada. O'ninchi kun. Jamoa futbol maydonida mashg'ulot o'tkazdi
Yangi mavsumga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini Antaliyada olib borayotgan Lokomotiv maydonda mashg'ulot o'tkazdi.
Kechagi mashg'ulotda uch nafar futbolchi - Ikrom Aliboev, Diyor Turopov hamda Timur Usmonov jarohati bois alohida shug'ullanishdi. Qolgan futbolchilar esa jamoa bilan birgalik mashg'ulot o'tkazishdi.
Lokomotiv Turkiyadagi uchinchi o'rtoqlik uchrashuvini 10 fevral kuni Ordabasi (Qozog'iston)ga qarshi o'tkazadi. Bugun jamoaning o'yinoldi mashg'uloti bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar