So’nggi yangiliklar

15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   3 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  7 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  14 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1

Lokomotiv Antaliyada. Birinchi kun (+FOTO) Yangiliklar

Lokomotiv Antaliyada. Birinchi kun (+FOTO)

Teglar :  Lokomotiv
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirish maqsadida Lokomotiv futbolchilari bugun kechki payt Antaliyaga etib kelishdi.

Jamoa azolari Belekdagi Sueno Hotels Deluxe mehmonxonasiga joylashishdi.

Bu erda havo harorati yaxshi, iqlim mo'tadil. Bir so'z bilan aytganda, ayni futbol o'ynaydigan havo. Biz joylashgan mehmonxonada shuningdek, Rossiya premer-ligasi vakili Krilya Sovetov ham istiqomat qilmoqda. Ular 7 fevralga qadar shu erda bo'lishar ekan. Lokomotiv esa 13 fevralgacha Turkiyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib boradi.

Ikki hafta oralig'ida temiryo'lchilar to'rtta nazorat bellashuvida ishtirok etishadi. Bugun birinchi kungi mashg'ulot jamoa azolari uzoq yo'l bosib toliqib kelishgani bois ko'p davom etmadi. Yarim soatlik mashg'ulotda murabbiylar etiborni ko'proq tiklanish jarayoniga hamda chigalyozdi mashqlarga qaratishdi. Ertadan boshlab mashg'ulotlar ikki mahaldan o'tkaziladi.

Mashg'ulot maydonlari shundoq mehmonxonaning yonginasida joylashgan bo'lib, u erda barcha sharoitlar etarli. Bilasiz, Lokomotivni bu mavsum ham nihoyatda jiddiy o'yinlar kutmoqda. Jamoamiz mavsumni 20 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasidagi bahs bilan boshlaydi. SHu kuni Saudiya Arabistonida Al Taavon mehmoni bo'lamiz. SHunday ekan, barchaning etibori joriy mavsumni ham ijobiy tarzda o'tkazishga qaratilgan.

Lokomotivning Antaliya yig'inida ishtirok etadigan tarkibi:

DARVOZABONLAR
Ignatiy Nesterov
Mamur Ikromov

HIMOYACHILAR

Islom To'xtaxo'jaev
Salim Mustafoev
Oleg Zoteev
Farrux Ibrohimov
SHerzod Fayziev
Bobur Yo'ldoshev
Muhammad Kone
SHuhrat Muhammadiev

YARIM HIMOYACHILAR
Sadriddin Abdullaev
Ikrom Aliboev
Sardor Mirzaev
Timur Kapadze
Quvondiq Ro'ziev
Kaxi Maxaradze
Diyor Turopov
Salamat Qutiboev

HUJUMCHILAR
Marat Bikmaev
Timur Usmonov
Azizbek Amonov
Nore Krizo
Murod Bobojonov



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика