So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

"Lokomotiv": "Al-Urooba" 4 ta gol farqi bilan mag'lub etildi Yangiliklar

"Lokomotiv": "Al-Urooba" 4 ta gol farqi bilan mag'lub etildi

Teglar :  Lokomotiv
Dubaydagi ikkinchi yig'in doirasida “Lokomotiv” o'zining birinchi uchrashuvini bugun mahalliy “Al-Urooba” klubiga qarshi o'tkazdi.

Murabbiylar shtabi nisbatan kuchliroq raqiblar bilan o'yinni yig'inning so'nggi kunlariga rejalashtirishgan.

Toshkent vaqti bilan 18:20 da start olgan uchrashuvda betobligi bois 3 nafar futbolchi ishtirok eta olmadi: Server Jeparov, Timur Kapadze va Kaxi Maxaradze. Qo'shimcha qilish kerakki, ko'rikda bo'lib turgan serbiyalik Nenad Inyacga harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelmagani uchun javob berib yuborilgan.

“Temiryo'lchilar” o'yinni kutilganidek ustunlik bilan boshlashdi hamda 5-daqiqaga kelib hisobda oldinga chiqib olishdi. 25 metrlar uzoqlikdan belgilangan jarima zarbasini Sardor Mirzaev aniq amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.

SHundan keyin ham hujumlar “Lokomotiv” futbolchilari tomonidan tashkil qilingan bo'lsada, keyingi gol mezbonlar tomonidan urildi. 25-daqiqada hisob tenglashgan bo'lsa, oradan 10 daqiqa o'tib Nemanya Yanichich jamoadoshlarini hisobda ikkinchi bor oldinga olib chiqib olishlarini taminladi. Birinchi bo'limda darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi.

Ikkinchi bo'limni “Lokomotiv” 3 ta o'zgarish bilan boshladi. Bu o'yin suratini yanada oshirdi. 47-daqiqada Abduholiqov o'yindagi o'zining birinchi golini urgan bo'lsa, oradan olti daqiqa o'tib Marat Bikmaev jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni yirik ko'rinishga olib keldi – 1:4. Va nihoyat 60-daqiqada Temurxo'ja Abduholiqov bellashuvdagi so'nggi golni kiritdi. Ajoyib pas uchun hujumchi Islom To'xtaxo'jaevga minnatdorchilik izhor qilishi kerak.

“Lokomotiv”ning 12 hamda 14 fevral sanalaridagi raqiblari nomi malum qilingan. Navbatdagi o'yinlar haqida keyinroq malumot berib o'tamiz. Quyida jamoamizning 2016 yildagi o'rtoqlik uchrashuvlari natijasi, bugungi o'yin qaydnomasi hamda fotosuratlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

AL-UROOBA (BAA) – LOKOMOTIV 1:5 (1:2)
Gollar: Sardor Mirzaev, 5 (0:1). Al-Urooba, 25 (1:1). Nemanya Yanichich, 36 (1:2). Timurxo'ja Abduholiqov, 47 (1:3). Marat Bikmaev, 53 (1:4). Timurxo'ja Abduholiqov, 60 (1:5).
“Lokomotiv”: Mamur Ikromov (Ignatiy Nesterov, 46) - Oleg Zoteev (Sergey Proxorov, 65), Nemanya Yanichich, Islom To'xtaxo'jaev, Jasur Hasanov_16 (SHerzod Fayziev, 46) - Jasur Hasanov_77 (Marat Bikmaev, 46), Quvondiq Ro'ziev (Mirto'ra Akbarov, 89), Ikrom Aliboev, Sanjar SHoahmedov (Sadriddin Abdullaev, 80), Sardor Mirzaev (Salim Mustafoev, 67) - Temurxo'ja Abduholiqov (Doniyor Usmonov, 65)

2016 yildagi o'rtoqlik o'yinlari
15 yanvar, 2016 Al-Ahli (Saudiya Arabistoni) – Lokomotiv 0:0
19 yanvar, 2016 Xenan Jiane (Xitoy) – Lokomotiv 0:0
22 yanvar, 2016 Slovakiya U-21 – Lokomotiv 0:2

1

 2

3


 4

 5

 6

 7

 9


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика