Bugun kechqurun saudiyaliklar yurtimizga yetib kelishadi.
Ertaga, yani 20 aprel kuni har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tadi. "Lokomotiv" stadionida tashkil etiladigan matbuot anjumani soat 12:00da boshlanadi. Matbuot anjumanida dastlab "Al Hilol" bosh murabbiyi bir nafar futbolchi bilan ishtirok etadi. Undan keyin "Loko" ustozi Vadim Abramov hamda jamoamizning bir nafar futbolchisi jurnalistlar savollariga javob qaytaradi.
Avvaliga soat 11:00da har ikkala klub menejerlari, uchrashuv komissari, hakamlar nazoratchisi hamda o'yinga aloqador boshqa shaxslar ishtirokida ananaviy tadbir bo'lib o'tadi. Tadbirdan so'ng matbuot anjumani boshlanadi. Barcha turdagi OAV xodimlarini "Lokomotiv" - "Al Hilol" o'yinidan oldingi matbuot anjumaniga taklif qilib qolamiz.
"Lokomotiv" futbol klubi matbuot xizmati.