So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

"Lokomotiv" Abu Dabida. Ertaga muhim o'yin bor Yangiliklar

"Lokomotiv" Abu Dabida. Ertaga muhim o'yin bor

Teglar :  OCHL "Lokomotiv"
Osiyo chempionlar ligasi 5-tur uchrashuvini o'tkazish uchun "Lokomotiv" futbol klubi kecha BAA poytaxtiga etib keldi.

Jamoa azolari kecha ertalab Toshkent - Dubay avireysi orqali Dubayga parvoz qilishdi. SHundan so'ng bir yarim soatdan ortiq vaqt mobaynida avtobusda Abu Dabiga yo'l yurildi. Jamoa manzilga etib kelgach, "Andaz Hyatt" mehmonxonasiga joylashdi. 

Ertaga "Lokomotiv" OCHL 5-tur uchrashuvini o'tkazadi. "Al Vahda" klubiga qarshi kechadigan bahs "Al Nahyan" stadionida mahalliy vaqt bilan 22:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)da boshlanadi. O'yin kech boshlanishiga sabab ro'zadorlarning iftorlik qilib olishlari uchun qulay imkoniyat yuzaga keltirish.

 

Doimgidek Abu Dabida havo issiq va dim. Kecha kechki payt jamoa azolari "Al Nahyan" akademiyasiga qarashli maydonda mashg'ulot o'tkazishdi. Mashg'ulotda jamoa bilan tashrif buyurgan hamma futbolchi ishtirok etdi. Ertangi o'yin oldidan tarkibda bitta jiddiy yo'qotish bor: Islom To'xtaxo'jaev diskvalifikaciya sabab bahsni o'tkazib yuboradi. 

Bilasiz, Islom avvalgi turda qizil kartochka olgandi. SHu bois OFK uni bitta o'yinga chetlatish haqida qaror chiqardi. SHunga qaramay, Islom To'xtaxo'jaev ham ayni paytda klub bilan birga. Jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov jamoa sardori har qanday vaziyatda jamoa bilan birga bo'lishini xohladi. Bu esa klub futbolchiga naqadar etiborli ekanini anglatadi. 

 

"Lokomotiv" Abu Dabiga 20 nafar futbolchi bilan tashrif buyurdi. Darvozabonlar: Javohir Ilyosov, Mamur Ikromov. Maydondagi o'yinchilar: Oleg Zoteev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Sardor Mirzaev, Islom To'xtaxo'jaev, Anzur Ismoilov, Aziz Haydarov, SHuhrat Muhammadiev, Davron Hoshimov, Jamshid Iskanderov, Igor Yelich, Filip Rayevac, Yovan Jokich, Husniddin G'ofurov, Aziz Amanov, Avazbek O'lmasaliev, Arslonmurot Amanov, Diyor Turopov, Bobur Ergashev. 

Ertangi o'yin "Loko" uchun muhim ahamiyatga ega. "Al Vahda" guruh jadvalida 9 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi o'rinda 7 ochko bilan "Al Ittihod" boryapti. "Lokomotiv" hisobida esa 4 ochko bor va jamoa uchinchi o'rinda. "Lokomotiv" qolgan ikkita o'yinni yutsa guruhdan chiqish uchun imkoniyatga ega bo'ladi, biroq taqdiri guruhdagi boshqa o'yinga qoladi. Agar jamoa o'tgan turda g'alaba qozonganida hammasi o'z qo'lida bo'lardi. 


"Lokomotiv" uchun "Al Vahda" begona emas. Jamoa o'tgan yil ham shu raqib bilan bitta guruhda bahs olib borgandi. 2018 yilgi mavsum Abu Dabida kechgan bahs 4:1 hisobida "Loko" foydasiga hal bo'lgan. Bu yil ham ijobiy natijadan umid qilib qolamiz. O'tgan yil Sardor Mirzaevning dubli, Sanjar SHoahmedov urgan gol hamda mezbonlar himoyachisining o'z darvozasiga kiritib qo'ygan to'pi "Loko" foydasiga xizmat qilgandi. Lekin o'tgan bir yil ichida tarkibda o'zgarishlar yuz berdi va yangi futbolchilarning to'liq o'ynab ketishi uchun biroz vaqt kerak bo'lyapti.

Ertangi uchrashuvni gonkonglik hakam Liu Kvok Man boshqarib boradi. Qizig'i shundaki, o'tgan yil ham Abu Dabidagi o'yinni shu hakam boshqargan. Demak, bu hakam uchun jamoalar va stadion begona emas. Albatta, "Lokomotiv" joy olgan guruhda vaziyat oddiy emas, shunga qaramay jamoa bor kuchi bilan harakat qiladi. CHunki "temiryo'lchilar" Toshkentga ijobiy natija bilan qaytib ketishni maqsad qilgan. 

X.Xoliqov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика