"Lokomotiv" 4 fevral kuni Ukraina klubi bilan o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
2 fev 2018, 12:41
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi yangi mavsum hozirliklarini ayni damda Turkiyada olib bormoqda.

"Temiryo'lchilar"ning Belekda o'tadigan yig'in doirasidagi uchinchi o'rtoqlik o'yini uchun tanlagan raqibi o'zgardi. Jamoa 4 fevral kuni Rossiyaning “SSKA Moskva” klubi yoshlar tarkibi bilan o'ynashi rejalashtirilgan edi. Mazkur jamoa o'rniga endi Ukrainaning “Oleksandriya” klubi bilan bahs yuritiladigan bo'ldi.

Ta'kidlab o'tamiz, ushbu uchrashuv “Lokomotiv” uchun Belek yig'ini doirasidagi so'nggi nazorat bahsi bo'ladi. Shundan so'ng jamoa 5 fevral sanasida Toshkentga qaytib keladi va Osiyo Chempionlar Ligasi 1-turi doirasidagi BAAning “Al Vahda” klubiga qarshi kechadigan o'yinga hozirlik olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: lokomotiv.uz