So’nggi yangiliklar

15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  1 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  18 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  19 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  4 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2

"Loko" "So'g'diyona"ni qanchadan beri engolmayapti? Yangiliklar

"Loko" "So'g'diyona"ni qanchadan beri engolmayapti?

Superliganing 24-tur bahslari davom etmoqda.

O'tgan turda "Paxtakor"ni enggan "So'g'diyona" bugun poytaxtning boshqa bir vakili — "Lokomotiv" maydoniga safar qiladi.

O'zaro uchrashuvlar tarixiga nazar solsak, bugungi o'yinda "temiryo'lchilar" favoritdek ko'rinadi:

Ushbu jamoalar O'zbekiston chempionatlari tarixida 27 bor to'qnash kelishgan. 17 o'yin "Loko"ning, 5 tasi jizzaxliklarning foydasiga hal bo'lgan, 5 durang. 

SHu paytga qadar "Lokomotiv"dan 58 gol o'tkazgan "So'g'diyona" futbolchilari 16 bor javob qaytarishgan.

Eng yirik hisob 2015 yilgi mavsumning 2-davrasida qayd etilgan. 18-turda "So'g'diyona"ni qabul qilgan "Loko" raqib posbonini 7 bor ranjitgan edi. Malumot uchun, o'shanda poytaxt klubi sharafini himoya qilgan Jasur Hasanov ("So'g'diyona"ning hozirgi sardori) 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Biroq, musobaqa jadvaliga etibor qaratib, oxirgi o'yinlarni eslasak, ustunlik Ulug'bek Baqoev jamoasi tomonga o'tib ketadi. 23-turdan keyin "Loko" va "So'g'diyona" orasida tafovut 10 ochkoni tashkil qilyapti.

Poytaxt klubi 4 o'yindan beri Jizzax jamoasini enga olmayapti, ularning 3 tasida mag'lub bo'lgan.

25.06.2021. "So'g'diyona" 0:0 "Lokomotiv"

02.10.2020. "So'g'diyona" 2:1 "Lokomotiv"

20.06.2020. "Lokomotiv" 1:2 "So'g'diyona"

26.07.2019. "So'g'diyona" 1:0 "Lokomotiv"

SHuningdek, "temiryo'chilar" bu bahsga juda yomon kayfiyatda etib kelganini ham unutmaslik kerak. 23-turda Qo'qonda mehmon bo'lgan Mikael Sekeyra mag'lubiyatli o'yin yakunida bildirgan achchiq fikrlari uchun jarimaga tortilgani aytilmoqda. "So'g'diyona" garchi kubokni tark etgan bo'lsa ham, chempionatdagi mag'lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda (8 o'yinlik). O'tgan turda chempion mag'lub qilingani esa jizzaxliklarga ruhiy ustunlik taqdim qilishi aniq. 

Lokomotiv

Temurxo’ja Abduxoliqov - 45'

Superliga. 24-tur

05/11/2021, 16:00

0
:
1
Tugadi

So'g'diyona

45'
90'
44'  Xurshidbek Muxtorov
45'  Temurxo’ja Abduxoliqov
46'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Azizbek Amonov)
59'  Islom Qobilov
71'  Jaloliddin Jumaboev (Opeks Samuel)
71'  ZHasur ZHaloliddinov (Javohir Sidiqov)
79'  Shuhrat Muhammadiyev (Nurmuhammad Toshpo'latov)
90'  Diyor Turopov (Islom Rashidxonov)
46'  Jasur Hasanov O (Ergash Ismoilov)
58'  Sahob Rashidov (Jasur Hakimov)
84'  SHahboz Jo'rabekov (Darko Stanoyevich)

“Lokomotiv” – “So'g'diyona” (16:00)

Hakamlar: SHavkat Nasibulaev, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Sultonmurod Abdurahmonov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev

VAR hakami: Ahrol Risqullaev

VAR assistenti: Alisher Usmonov

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Laziz Qo'chqorov

Sizningcha, "temiryo'lchilar" bugun "bo'rilar"ni zararsizlashtirish chorasini topa oladimi?

Jizzaxga chempionlik ruhini olib kirgan murabbiy

Muallif :
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика