"Loko" Jaloliddinov uchun 1 mln evrodan ko'proq mablag' sarflaydi
19 iyu 2020 19:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582162_original.jpg)
![](/upload/storage/582162_220.jpg)
"Loko" Jaloliddinov uchun 1 mln evrodan ko'proq mablag' sarflaydi
4 iyun kuni saytimizda "temiryo'lchilar" Jaloliddinov uchun deyarli 1 mln evro berishga tayyorligi haqida xabar chiqqan edi. Bugun "Championat.com" nashrining xabar berishicha, rus klubi kelishuv uchun million evrodan ko'proq mablag' sarflaydi.
"Lokomotiv" rahbariyati 18 yoshli xavbek "Bunyodkor" bilan amaldagi shartnomasini buzgani uchun Toshkent klubiga 100 ming evrodan ko'proq to'lasa, Jasurning agentlari 900 ming evroga ega bo'lishadi, deb yozdi rus nashri. SHundan keyin Jaloliddinov 2020 yilning oxiriga qadar "qaldirg'ochlar" tarkibida ijara asosida o'ynaydi.
Biroz oldin "Bunyodkor" o'z futbolchisini 350 ming evroga sotishi to'g'risida xabar qilgandik.
Eslatib o'tamiz, iqtidorli yarim himoyachi Coca Cola Superligasining joriy mavsumida 8 ta o'yin o'tkazib, 1 tadan gol va golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Jaloliddinov "Beshiktosh"ni emas "Lokomotiv"ni tanladi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar