So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  81 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Logotipi o'zgargan va etakchilardan voz kechgan "Qizilqum" yangi mavsumga tayyormi? Yangiliklar

Logotipi o'zgargan va etakchilardan voz kechgan "Qizilqum" yangi mavsumga tayyormi?

Navoiyning "Qizilqum" jamoasi uchun o'tgan mavsum sinovli bo'ldi, desak yanglishmaymiz.

Zero jamoa 2022 yildan so'ng turnir jadvalida bir necha pog'ona pastladi va ligada jon saqlash uchun kurash olib bordi. Asror Aliqulov boshlab bergan ishni Tachmurod Agamurodov, keyinchalik Jamshid Saidov davom ettirdi. Bu haqida keyinroq. Hozir "oltin izlovchilar"ning 2024 yilgi mavsumga olib borgan tayyorgarligi haqida so'z olib boramiz. 

Tayyorgarlik 

"Qizilqum" 22 dekabr sanasidan Navoiyda jamlandi va tayyorgarlikni boshladi. Yig'inning ilk kunlarida tarkibda bir qator mahalliy yoshlar ishtirok etdi va murabbiylar sinovidan o'tdi. Qisqa tanaffusdan so'ng 4 yanvar kunidan yana jamoa Navoiyda yig'inga kirishdi va 17 yanvar  sanasigacha mashg'ulotlar olib borishdi. Bu paytda klub "Mashal" bilan nazorat bahsida qatnashdi. 

"Qizilqum" - "Mashal" 4:2

17-31 yanvar kunlari Antaliya yig'ini oldidan Toshkentda bir qator nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishdi. 

"Lokomotiv" - "Qizilqum" 1:0

"Lokomotiv" - "Qizilqum" 2:2

"Qizilqum" - "Olimpik-Farm" 1:1

Taraddud 1 fevraldan Turkiyaning Antaliya shahriga ko'chdi. Xorij yig'ini doirasida navoiyliklar beshta nazorat uchrashuvida kuchlarini sinab olishdi. PolshaningMedz” (2:1), ArmanistonningAlashkert” (0:1), MakedoniyaningSHkupi” (1:0), Qirg'iston U-20 (0:2) hamda MaldoviyaningMilsami” (2:1) jamoalari bilan turli natijalar qayd etildi. 

Transferlar 

Klub o'tgan mavsumda jamoada to'p tepgan 10 nafar futbolchi bilan xayrlashdi. Ular orasida "Qizilqum"ning uzoq yillik etakchilarini ham ko'rishimiz mumkin. Xususan, SHerali Jo'raev, Alisher Sanoev shular jumlasidandir. Dastlab tark etgani aytilgan Fayzulla Qambarov yakunda jamoada qoldi. Artyom Makosin esa murabbiy sifatida "Qizilqum"da ishlashda davom etadi. O'tgan mavsumda jamoaning muvaffaqiyatlarida katta rol o'ynagan Islom Kenjaboev "Nasaf"ga qaytdi. Aytish mumkinki, ikkinchi davradagi gollardan tashqari u "Qizilqum"ni Superligada olib qolgan golga ham mualliflik qildi, o'tish o'yinida "Qo'qon-1912" darvozasini ishg'ol qildi. Kenjaboev va G'iyosov tandemi ideal ko'rinish olgandi. Murod Rahmatov ham Qarshiga yo'l oldi. Qishki transferlar vaqtida ikki yildan buyon raqobatsiz chiziq bo'lib kelgan darvoza poziciyasiga 2 nafar Kiper jalb etildi (Robert Ozols, Humoyunshox Sayyotov), himoyaga SHerzod Fayziev, SHahboz Jo'rabekov, hujumga gruziyalik Elguja Lobjanidze taklif etildi. "Qizilqum"da avvalroq Elguja Grishalashvili ham o'ynagan bo'lib o'zidan yomon taassurot qoldirmagandi. Yangi Elguja nimalar ko'rsatadi yaqin oylarda bilib olamiz. 

Yana bir qiziq malumot,qishda "Dinamo" bilan shartnoma tuzgan va yig'inlarda qatnashgan Akbar Ismatullaev so'nggi pallada Abramovga kerak bo'lmay qolgan. 

Futbolchi transfer oynasining so'nggi kunida "Qizilqum"ga o'tishga yaqin turgandi. Lekin bilishimcha bu erda muammo "Dinamo" klubi bilan bo'ldi. PFL futbolchini ro'yxatdan o'tkazganini elon qilgani yo'q. Demak katta ehtimol bilan bu transfer amalga oshmagan. 

Aktamov davridagi logotip endi yo'q

"Qizilqum"ning avvalgi eski logotipi Hamidjon Aktamov davrida yaratilgan, klub bir necha yillar davomida shu logotipdan foydalanib keldi. Endilikda klub bundan voz kechdi va o'ziga yangi logotip yaratdi. 


Jamshid Saidov endi yo'l boshida 

O'tgan mavsumda yarim yo'lda kelib "Qizilqum"da qutqaruvchi vazifasini uddalagan Jamshid Saidov endilikda o'zi jamoani yangi mavsumga tayyorladi, tarkibni yig'di, murabbiylar shtabini yaratdi. Murabbiylar shtabidan sobiq futbolchi Andrey Pavalyaev joy oldi. Pavalyaev O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sobiq futbolchisi, "Do'stlik" safida O'zbekiston chempioni hisoblanadi. 

"Qizilqum" murabbiylar shtabi

Bosh murabbiy: Jamshid Saidov

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: Avgustin CHirita

Assistentlar: Obid Xudoyorov, Andrey Pavalyaev, Farhod Nurullaev

Tahlilchi: Azizbek Nazarov

Darvozabonlar murabbiyi: Baxtimurod Hayriddinov 

SHifokorlar: Abdulaziz Yuldoshev, Kurbonali Bakoev

Massajchi: SHavkat Mirzaev

Mamur: SHerzod Tashev


Ilk turda qulay raqib 

"Qizilqum" Superliga startini mehmonda "Bunyodkor"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Aytish mumkinki, "qaldirg'ochlar" navoiyliklar uchun juda qulay raqib hisoblanadi. Statistikaga ko'ra, "Qizilqum" "Bunyodkor"ga qarshi so'nggi 9ta o'yinning faqat 1tasida mag'lub bo'lgan. 5ta o'yinda g'alaba qozongan, 2 bor durang qayd etgan. Jamshid Saidov esa murabbiy sifatida "Bunyodkor"ga so'nggi 4ta uchrashuvda mag'lub bo'lgani yo'q. Toshkentdan g'alaba bilan qaytish esa o'z-o'zidan keyingi turlarda ishonch berishi tabiiy.  


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика