So’nggi yangiliklar

22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  72 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  14 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  6 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  7 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  6 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  9 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  16 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8

Lochin Soliev: “Bu yil 15ta gol urishni maqsad qilyapman” Yangiliklar

Lochin Soliev: “Bu yil 15ta gol urishni maqsad qilyapman”

Andijonlik tarjribali hujumchi Lochin Soliev bilan yaqinda suhbatlashib, mavsumga tayyorgarlik jarayoni qanday kechgani va uning bu yilgi rejalari nimalardan iborat ekanligi bilan bilishga qiziqdik.
- Mashg'ulotlarning birida oyog'imdan engil jarohat olgandim. Keyinchalik qattiq gripp kasalligiga duch keldim. SHu sababli 24 fevraldan buyon mashg'ulotlarda qatnasha olmayapman - deya gap boshladi 31 yoshli hujumchi. - Ayni paytda muolaja olyapman. Tezroq tuzalib, safga qaytishni istayapman. Nasib qilsa yaqin kunlar ichida mashg'ulotlarga qo'shilaman.

- Mavsumga tayyorgarlik yaxshi o'tdi, nazarimda. Menimcha bosh murabbiy Azamat aka Abduraimov ham o'tkazilgan yig'inlardan qoniqish xosil qildi.

- Bu yil faqat oliy ligada qolish uchun emas, balki yuqori o'rinlardan birini egallash uchun kurashamiz.

- Mavsumlar oralig'ida tarkibga bir qator yangi futbolchilar taklif etildi. Ularning yangi muhitga moslashib ketishi murakkab bo'lmayapti. Hamma yigitlar bir-birlari bilan ahil va inoq bo'lishga intilmoqda.

- Muxlislarni mendan nima xohlayotganini juda yaxshi tushunib turibman. Buni yaxshi his etgan xolda, imkon qadar tezroq safga qaytib jamoaga yordam berishga harakat qilyapman. Futbol jamoaviy o'yin. SHunday ekan barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, muxlislarni xursand etish uchun astoydil o'ynaymiz.

- Hujum chizig'idagi raqobatni oshirish maqsadida Anvar Rajabov, Viktor Raskov hamda Alisher Azizov singari mahoratli o'yinchilar tarkibga jalb etildi. SHaxsan men buni to'g'ri qabul qilaman. CHunki raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Vazifaga erishish ham birmuncha oson kechadi. Kimning o'ynashini esa murabbiylar shtabi hal etadi.

- Bu yilgi maqsadim avvalo jamoaning muvaffaqiyatlariga o'z hissamni qo'shish. Qolaversa to'purarlik mahoratimni yana bir bor ishga solib, o'zimni ijobiy tomondan ko'rsatishni istayman. Boshqacha aytganda joriy mavsum kamida 15ta gol urishni o'z oldimga maqsad qilib qo'yganman. Albatta bunga jamoadoshlarimning ko'magi bilan erishaman. Bu narsa muhim ahamiyat kasb etadi deb o'ylayman. Bundan tashqari murabbiyning ishonchi ham asosiy omillardan biri sanaladi.

- 1-turda “Paxtakor”ni qabul qilamiz. Bo'lajak o'yin oson bo'lmasligi turgan gap. Lekin “sherlar”dan ochko olish mumkin. CHunki buni oldingi yillarda amalda isbotlaganmiz. SHuning uchun ham shanba kungi o'yinda muxlislarimiz qarshisida g'alaba qozonish uchun bor mahoratimizni ishga solamiz. Bu o'yinda maydonga tushish imkoniyatim juda ham past ekanligi bois ham shuni aytishim mumkinki, yigitlar chempionatda omadli start olish uchun bor kuchini berib o'ynaydi. Buni ayni paytda futbolchilar juda yaxshi tushunib turibdi.
 
Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика