LLF SUPER LIGAda peshqadam o'zgardi
09 noy 2022 01:14
Yangiliklar
LLF SUPER LIGAda peshqadam o'zgardi
Dastlab natijalarni keltirib o'tsak:
Qatorasiga 5ta o'yindan beri birinchi o'rinda kelgan VOSTOK bu tur PHOENIX jamoasiga imkoniyatni boy berdi. Natijada ketma-ket 6-g'alabasini nishonlagan UZPSB jadvalning birinchi pog'onasiga ko'tarilib oldi. Jadvalning 3-pog'onasida DHL 12 ochko bilan bormoqda.
Malumot uchun, ushbu musobaqada 12ta jamoa ishtirok etmoqda va tur o'yinlari haftaning yakshanba kuni bo'lib o'tyapti. Musobaqani o'tkazishdan maqsad - havaskor sportchilarga bo'lgan etiborni oshirish hamda aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish.
6-tur ramziy terma jamoasi. Darvozabon - Rustam SHamsimuxametov (PHOENIX). Futzalchilar - Sanjar Auxatov (Suzane), Karen Avakyan (PHOENIX), Jamshid Rasulov (TTG), SHomaqsud SHobahromov (DHL). Tur murabbiyi - SHuhrat Tojiboev (DHL).
To'purarlar ro'yxati:
12 gol - G'ayrat Ismoilov (UZPSB).
11 gol - Azamat Boymatov (VOSTOK), Diyor Murotov (GOV.RUK).
Eng yaxshi assistentlar:
7 - Soyibjon Safarov (UZPSB), Diyor Murotov (GOV.RUK).
6 - SHuhrat Ahmedov (UZPSB).
5 - Nodir Isroilov (DHL), Maqsud Fayzullaev (DHL), Odilxon Sadriddinov (ISTIQLOL), Sirojiddin SHokirov (TTG), Ahmadjon Jalolov (TTG), Jamshid Isaev (PHOENIX).
Navbatdagi tur 13 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar