So’nggi yangiliklar

09:22Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхшилари аниқланди. Барча совриндорлар билан танишинг  0 08:54"Ювентус" раҳбариятида ўзгариш бўлади  0 08:23"Фенербахче"нинг янги президенти Моуриньюни жиддий танқид қилди  1 07:56"Бавария"нинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 07:40Суперлига. "Насаф" – "Қўқон-1912" 3:0  1 07:30Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  4 01:54ОФК йилнинг энг яхшиларини эълон қилди  4 01:11"Forbes" йилнинг энг кўп маош олувчи футболчилари рейтингини эълон қилди  1 00:47Рўзиқул Бердиев: "Фабио Каннаваронинг ўйинга келгани ёқимли. Бироқ бу қаердадир ҳалақит қилиши ҳам мумкин"  4 00:31Пикфорд клуби билан шартномасини узайтирди  0 00:13Рафинья "Реал"га қарши ўйнаши мумкин  0 23:51Қозоғистонда футболчи ўйин вақтида вафот этди  4 23:18Баҳром Ҳайдаров: "Камида дуранг билан қайтишни ният қилгандик"  4 21:50Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик учрашувида Қозоғистондан устун келган ўйиндан галерея  0 21:25Суперлига. "Насаф" ўз майдонида "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  64

LLF SUPER LIGAda eng yaxshilar aniqlandi Yangiliklar

LLF SUPER LIGAda eng yaxshilar aniqlandi

Havaskorlar o'rtasida bo'lib o'tayotgan futzal bo'yicha LLF SUPER LIGAda noyabr oyining eng yaxshilari taqdirlandi.

Tashkiliy qo'mita o'tgan oy yakunlariga ko'ra, 4ta nominaciya bo'yicha eng yaxshilarni aniqlab oldi. 

1. Eng yaxshi darvozabon

2. Eng yaxshi futzalchi

3. Eng yaxshi murabbiy

4. Eng chiroyli gol muallifi


Eng yaxshi darvozabon - Bekzod Amanullaev (SUZANE)

SUZANE jamoasining birinchi raqamli posboni Bekzod Amanullaev noyabr oyining "Eng yaxshi darvozaboni" deb topildi. SUZANE o'tgan oy to'rtta o'yinda uch bor g'alaba qozonib, bir marta durang qayd etishida Bekzodning hissasi katta bo'ldi. Qolaversa, u ketma-ket ikki bor (8-9 tur) ramziy terma jamoadan ham joy oldi.

Nomzodlar: Sirojiddin Husniddinov (ISTIQLOL), Rustam SHamsimuxametov (PHOENIX), Lazizxo'ja Xo'jaahmatov (UZPSB).


Eng yaxshi futzalchi - Sanjar Auxatov (SUZANE)

SUZANE jamoasi to'purari Sanjar Auxatov noyabr oyining "Eng yaxshi futzalchisi" deb topildi. Sanjar o'tgan oy juda chiroyli o'yin ko'rsatib, 4ta uchrashuvda 10ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, qatorasiga uch o'yinda uchtadan to'p kiritdi.

Nomzodlar: Jamshid Isaev (PHOENIX), SHuhrat Ahmedov (UZPSB), Kamoliddin Mahamadov (UZPOST).


Eng yaxshi murabbiy - Ravshan Rajabov (PHOENIX)

PHOENIX jamoasi ustozi Ravshan Rajabov noyabr oyining "Eng yaxshi murabbiyi" deb topildi. PHOENIX o'tgan oyni Ravshan Rajabov qo'l ostida juda yaxshi o'tkazib, 3 g'alaba va bir durang qayd etdi. Murabbiy har bir o'yinga to'g'ri taktika tanlay oldi va shogirdlariga to'g'ri ko'rsatmalar berdi.

Nomzodlar: Anvar Achilov (SUZANE), Konstantin Sviridov (UZPSB), Zafar Muratov (ISTIQLOL).


Eng chiroyli gol muallifi - Nodir Isroilov (DHL)

DHL himoyachisi Nodir Isroilov noyabr oyining "Eng chiroyli gol" muallifi deb topildi. Nodir 8-turdan o'rin olgan PHOENIX bilan bahsda ajoyib gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Nomzodlar:

Sanjar Auxatov. SUZANE - ARGIN o'yinida (7-tur)

Jamshid Isaev. PHOENIX - VOSTOK o'yinida (6-tur)

Azamat Boymatov. VOSTOK - UZPSB o'yinida (8-tur)

LLF SUPER LIGA tashkiliy qo'mitasi eng yaxshilarni taqdirlashda faol ishtirok etgan ERMAK savdo belgisi xodimi Ulug'bek Narzullaevga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика