So’nggi yangiliklar

22:2339 ёшли Жеко Германиядан клуб топди  0 22:01Германияда АҚШдаги Жаҳон чемпионатини бойкот қилиш ҳақида гапирилмоқда  2 21:35ЕЧЛ. "Будё Глимт" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  9 21:21"Андижон" ўртоқлик ўйинида Шимолий Македония клуби билан дуранг ўйнади  2 20:56Инфантинонинг маоши ФИФА президентлиги даврида тўрт баробар кўпайди  7 20:30"Барса" ва "Юве" қизиққан АПЛ клуби ҳимоячисини "Челси" сотиб олмоқчи  1 19:54"Реал" Винисиус бўйича катта трансфер таклифини олди  7 19:26Артета "Интер"га қарши ўйин ҳақида: "100 фоизли натижа бўшашишга олиб келмайди"  4 18:59"Нефтчи" Болгария жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди  11 18:39U-23 Осиё Кубоги. Япония Кореяни ютиб, финалга йўл олди  0 18:21Скоулз дербидаги ғалабадан сўнг Мартинесни огоҳлантирди  1 17:48"Ювентус" Матета бўйича таклиф билан чиқди  0 17:20Расман: "Локомотив" сербиялик ярим ҳимоячини таркибга қўшиб олди  2 16:52Энрике Диасни ҳимоя қилди ва уни Зидан билан таққослади  13 16:25Расман: Сидиқов "Қўқон-1912"га қайтди  3

LLF 2-LIGAda mavsum tugadi. TTT - chempion! Yangiliklar

LLF 2-LIGAda mavsum tugadi. TTT - chempion!

12 fevral kuni start olgan LLF 2-LIGA chempionatining ilk mavsumi o'z yakuniga etdi.

Toshkent Moliya institut sport zalida oxirgi tur uchrashuvlari bo'lib o'tganidan so'ng taqdirlash marosimi tashkil etildi. Dastlab 5ta nominaciya bo'yicha mavsumning eng yaxshilari taqdirlandi.


Abdulboriy Ilyosov - Eng yaxshi yosh o'yinchi!

UZPOST-2 safida ajoyib o'yin ko'rsatgan Abdulboriy Ilyosov eng yaxshi yosh o'yinchi deb topildi. Abdulboriy chempionat davomida 10ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

 


Sarvar Jo'raev - Eng yaxshi assistent!

TTT etakchilaridan biri Sarvar Jo'raev mavsumning eng yaxshi assistenti deb topildi. U 20 bor samarali to'p uzatishni amalga oshirib, bu borada birinchi bo'ldi.


SHohruz Xo'jaev - Eng yaxshi to'purar!

UZDTV hujumchisi SHohruz Xo'jaev eng yaxshi to'purar deb topildi. U chempionatda 42ta gol urib, bu borada yakka peshqadam bo'ldi. (Izoh: Taqdirlash marosimiga SHohruz kela olmagani bois sovrinni uning akasi Firuz Xo'jaev qabul qilib oldi).


Murodxo'ja Azamatov - eng yaxshi darvozabon!

UZDTV posboni Murodxo'ja Azamatov mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. U ko'p o'yinlarda etakchilik qobiliyatini namoyish etib, o'z darvozasini bir nechta gollardan saqlab qoldi hamda jamoasiga katta yordam berdi.


Muzaffar Umrzoqov - Mavsumning eng yaxshi futzalchisi!

TTT hujumchisi Muzaffar Umrzoqov LLF 2-LIGAda mavsumning eng yaxshi futzalchisi deb topildi. U musobaqada 36ta gol va 13ta samarali to'p uzatishni amalga oshirib, o'z jamoasining chempion bo'lishida munosib hissa qo'shdi.


RIVERSIDE - bronza medallar sohibi!

LLF 2-LIGAda RIVERSIDE jamoasi 36 ochko jamg'arib, 3-o'rinni qo'lga kiritdi.


UZDTV - kumush medallar sohibi!

LLF 2-LIGAda UZDTV jamoasi 41 ochko jamg'arib, 2-o'rinni qo'lga kiritdi.


TTT - chempion!

LLF 2-LIGAda TTT jamoasi 43 ochko jamg'arib, chempionlikni qo'lga kiritdi.


Yakuniy to'purarlar ro'yxati

42 gol - Xo'jaev SHohruz UZDTV

36 gol - Umrzoqov Muzaffar TTT

34 gol - Turaev Timur SERENE GROUP

26 gol - SHodmonov Islomxo'ja RIVERSIDE

25 gol - Abduxalilov Abdumajid NAMUNA

20 gol - Jo'raev Sarvar TTT

20 gol - Ro'zmetov Ziyodulla CHEKHOV

19 gol - Ergashev O'tkir RIVERSIDE

16 gol - Komilov Ismoil UZPOST-2

16 gol - Abduvaliev Fazliddin UZPOST-2

16 gol - Uralov Aziz TTT

15 gol - SHukurov Dilshod SERENE GROUP

13 gol - Ro'zmatov Asror TTT

13 gol – Toyirov Sohib CHEKHOV

12 gol - Yo'ldoshev Sunnatulla RIVERSIDE

12 gol - Niyozov Doniyor UZPOST-2

12 gol - Ismoilov Asilbek TTT

12 gol - To'xtanazarov Ramziddin UZDTV

11 gol - Kuramshin Timur RESPECT

10 gol - Saidahmedov Saidakbar UZPOST-2

10 gol - Ilyosov Abdulboriy UZPOST-2

10 gol - Babataev Meirbek CHEKHOV

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика