"Liverpul"ning uchinchi darvozaboni APLda debyut uchrashuvini o'tkazishi mumkin. Bu rekord natija bo'ladi
16 avg 2019 19:20
Yangiliklar
"Liverpul"ning uchinchi darvozaboni APLda debyut uchrashuvini o'tkazishi mumkin. Bu rekord natija bo'ladi
Ayni vaqtda Yurgen Klopp oldida yana bir muammo paydo bo'ldi.
Uning jamoasida ikki asosiy darvozabon jarohat olgan va Klopp endi umuman APL o'yinlarida maydonga tushmagan uchinchi darvozabonini tushirishga majbur bo'lmoqda.
35 yosh 302 kunlik bo'lib turgan Endi Lonergan ertaga o'zinining APLdagi ilk o'yinini o'tkazishi mumkin. SHu holatda, u 21 asrda debyut qilgan eng yoshi katta angliyalik sifatida tarixga kiradi.
So'nggi marta shunga o'xshash holat 1999 yil avgust oyida kuzatilgan. Jon Drier ismli futbolchi (36 yosh, 57 kun) "Bradford Siti" safida "Middlsbro"ga qarshi o'ynagan va APLda birinchi marta maydonga tushgan.
Fikrlar