So’nggi yangiliklar

10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  0 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  0 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  25 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  14 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  19 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  21 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5

"Liverpul"ning siz bilmagan 3 transfer tarixi Yangiliklar

"Liverpul"ning siz bilmagan 3 transfer tarixi

Balki, chindan ham hozirgi "Liverpul" klub o'z tarixidagi eng kuchlisidir.

Ular juda uzoq kutilgan Premer-liga chempionligiga etishlariga sanoqli qadamlar qoldi, o'tgan yili Evropada tengsiz bo'lishgan edi.

Yaqinda Kilian Mbappe ham "qizillar" ko'rsatayotgan o'yindan yaxshi manoda shokda ekanligi hamda Klopp "g'alaba mashinasini" yaratgani haqida gapirib o'tdi. Darhaqiqat, "Liverpul" hozirda deyarli barchaning diqqat markazida va u istalgan top-futbolchini o'z jamoasiga taklif qila oladi. Lekin doim ham bunday bo'lmagan. Moliyaviy sabablar, raqobatchilarning yosh iqtidorlar uchun ko'proq summa taklif qila olishi — buning barchasi "Liverpul"ga yuqori darajali futbolchilar bilan shartnoma imzolash uchun to'sqinlik qilardi. SHuningdek, klub kelishuv deyarli hal bo'lgan futbolchilarni ham so'nggi pallada qandaydir sabab bilan olishdan bosh tortardi. SHu sabab "Liverpul" ko'plab yulduzlarni qo'ldan chiqargan. 

Endi bir tasavvur qilib ko'ring, agar "Liverpul" o'z vaqtida bu futbolchilarni sotib olganda nima bo'lardi?! 


Garet Beyl

2005-06 yilgi mavsum avvalida "Liverpul" skautlari "Bolton Uonderers" va "Sautgempton" yoshlar tarkiblari uchrashuvini tomosha qilishga yo'l olishadi. Ular aslida Devid Makgoldrikning harakatlariga baho berishlari rejalashtirilgandi. Ammo o'shanda "Sautgempton"da Beyl ham to'p tepardi. Skautlar istasa-istamasa uelslik chap qanot himoyachisiga etibor berishiga to'g'ri keldi.

"CHap qanot futbolchisi o'sha o'yinda shunchaki fantastik harakat qildi", — dedi "Liverpul" delegaciyasi vakili. "Biz qaytgach, shunday dedik: "Makgoldrik biz uchun emas, u bizga to'g'ri kelmaydi. Biroq biz 16 yoshli Garet Beyl ismli bolakayni sotib olishimiz shart". U payt hech kim Beylni tanimasdi, "Sautgempton" esa o'z kuchiga u qadar ishonmasdi va yigitcha stipendiya evaziga kun ko'rardi.

"Liverpul"ning Darren Potter ismli futbolchisi o'sha vaqt "Sautgempton"da ijarada to'p tepayotgandi va "Liverpul" Beylni o'sha Potterga almashishni taklif qiladi. "Sautgempton" esa "Liverpul" Potterga qo'shib yana biroz pul to'lashini so'raydi va shunda ushbu transfer amalga oshishiga hech qanday to'siq bo'lmasdi. Beyl hali juda yosh bo'lgani uchun "Liverpul" bosslari bunday javob eshitgach, kulgidan o'zlarini tiya olishmagan. Rahbariyatning fikricha, Beyl hali juda ko'p narsani o'rganishi kerak bo'lgan bolakay edi, Potter eski tayyor professional.

Keyingi mavsumdayoq Garet "Tottenxem"ga 10 000 000 funt evaziga ko'chib o'tadi, keyinchalik esa dunyoning eng qimmat futbolchisi, CHempionlar Ligasining 4 karra g'olibi bo'lishga, o'sha finallarning 2tasida gol ham urishga erishdi. Potter esa "Liverpul" safida 17 marta maydonga tushadi va Angliya quyi divizionlariga "sayohat" qila boshlaydi.


Krishtianu Ronaldu

"Liverpul" — Angliyaning eng yaxshi klublaridan biri va har bir futbolchi bu kabi boy o'tmishga ega jamoa libosida harakat qilishni orzu qiladi. Umid qilamanki, ular "Sporting"ni ham, meni ham qanoatlantiradigan taklif bilan chiqishadi", — degan edi Ronaldu 2003 yili. 


"O'sha vaqtlar iqtidorli portugaliyalikni ko'plab grand jamoalar kuzatayotgandi. Menejer Jerar Ule va yordamchisi Fil Tompson aynan Krishtianuning o'yinini tomosha qilish uchun tashrif buyurishadi. Uning ismini deyarli barcha tilga olardi. Toni Genri, "Manchester Siti"ning sobiq yarim himoyachisi, agent Pol Stretford bilan ishlardi, aynan Stretfordga Jorje Mendesh ingliz klublari etiborini Krishtianuga qaratish borasida topshiriq bergan. Ular Ronalduni "Sporting"dan boshqa jamoaga o'tkazish uchun jiddiy bel bog'lashgandi va meni uning o'yiniga taklif qilishdi. Malum bo'lishicha, ushbu transfer 4 million funt sterlingga tushardi, lekin uni shartnomaga binoan to'rt yil davomida bo'lib to'lash imkoniyati mavjud edi. SHunday ekan, bu kelishuv yiliga 1 million funt degani edi. Men futbolchining o'zi yiliga qancha maosh olmoqchiligiga qiziqdim. Soliqlardan keyin — 1 million funt sterling. Bu 18 yoshli bolakay uchun juda ko'p edi, lekin kelishsa bo'lardi. Bu yakshanba kuni bo'layotgan gap edi va men "Liverpul"ga qaytib, Jerar Ule bilan yana bir maslahatlashib, nima qilish mumkinligini o'ylab ko'rishimiz kerak dedim. Bor malumotni Ulega berdim. U esa bosh ijrochi direktor Rik Parri bilan gaplashib ko'rishini malum qildi. Oradan bir hafta o'tdi. Men Melvudda edim va Sky Sports News da: "Manchester Yunayted" "Sporting"dan Krishtianu Ronalduni 12,2 million funt sterling evaziga sotib olayotganini malum qilishdi. Ko'zlarimga ishonmasdim. Qanday qilib bir necha kun ichida transfer narxi 4 million funtdan 12,2 milliongacha oshib ketishi mumkin? Ule mendan Toniga qo'ng'iroq qilib, vaziyatni aniqlashtirishni so'radi. O'shanda Toni hamma gap Mendeshda ekanligini aytdi", — degan o'shanda Tompson "Atletik"ka.

Ha, umuman kutilmagan vaziyat. U chindan o'ta iqtidorli edi ammo o'shanda hech kim Ronalduning bu darajada buyuk futbolchi bo'lishini taxmin qilolmasdi.

"Liverpul"da esa o'sha vaqtda kamida ikkita iqtidorli yosh hujumchilar bor edi. Sinama-Pongol (klub safida 9ta gol uradi va keyinchalik hatto "Rostov"da ham to'p tepadi) va Entoni Le Tallek (1ta gol va "Astra"ga yo'l oladi). Ule shu bilan birga Ronalduning jamoaga qo'shilishi, oylik maoshi tizimiga keskin tasir ko'rsatib, kiyinish xonasida muammolar keltirib chiqishidan qo'rqqan.


Dani Alves 

Tomonlar kelishuvga erishib bo'lgan, hamma rozi edi. 2006 yil yozida "Sevilya" braziliyalik o'ng qanot himoyachisini "Liverpul"ga 8 million funt sterling evaziga sotishga ko'nadi. Lekin Benites bir muammoga duch keladi. Rahbariyat unga Alves va yangi sotib olinadigan hujumchidan birini tanlashni aytadi — "Liverpul" moliyaviy jihatdan har ikki transferni amalga oshira olmasdi.

Hujumda ko'proq foydasi tegadi degan maqsadda murabbiy Danining o'rniga "Feyenoord"dan Dirk Keytni (9 million funt sterling) maqul ko'radi. Deyarli "Enfild"ga ko'chib o'tgan Alves esa "Sevilya"da qoladi. 

Oradan ikki yil o'tib "Barselona"ga 30 million funt evaziga transfer qiladi. "Barselona" safida futbolchi olti bor La Ligada va 3 marta CHempionlar Ligasida zafar quchadi.

"Benites davrida klub tezroq qaror qabul qila olmagani, dedlayngacha barcha ishni bitirib ulgurmagani yoki shunchaki mablag' etishmasligi tufayli ko'plab iqtidorlarni qo'ldan chiqargan voqealar etarlicha bo'lgan. Simao va Floran Maluda birinchilardan bo'lib hayolga keladi. "Liverpul" vaqtida ularni qo'lga kiritishi mumkin edi. O'sha davrlarda klub Nemanya Vidichga etibor qaratgan va asosiy transfer maqsadi bo'lgan, lekin keyin "Manchester Yunayted" ko'proq pul taklif qilib uni ilib ketgan", — deydi o'sha vaqtlarda klub transfer muzokaralariga yaqin inson.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика