"Liverpul"ning o'tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi elon qilindi
07 dek 2019 12:57
Yangiliklar


"Liverpul"ning o'tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi elon qilindi
"Liverpul" vingeri Sadio Mane noyabr oyi yakunlariga ko'ra jamoaning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar berdi. 27 yoshli senegallik futbolchi bu boradagi kurashda xavbek Fabino hamda markaziy himoyachi Virjil van Deykni ortda qoldirdi.
"Ushbu sovrinni qo'lga kiritganimdan xursandman. Har doim eng yaxshisi bo'lish uchun kurashaman, bu men uchun faxr tuyg'usini beradi. So'nggi haftalar men va jamoadoshlarim uchun ajoyib o'tmoqda. SHu ruhda davom etishimiz kerak", - dedi afrikalik.
O'tgan noyabr oyida Sadio 6 o'yinda 3 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar