"Liverpul"ning "Manchester Yunayted"ga qarshi bugungi o'yini nima sababdan qoldirildi?
12 jan 2020 18:13
Yangiliklar
"Liverpul"ning "Manchester Yunayted"ga qarshi bugungi o'yini nima sababdan qoldirildi?
"Liverpul" ayollar jamoasi uchun ajratilgan stadion qishda o'zining yashilligini yo'qotib, qora balchiqqa aylanib qoladi.
Bugun "Liverpul" Ayollar Superligasi doirasida "Manchester Yunayted"ni qabul qilishi kerak edi. Biroq, bahs boshqa kunda o'tkazilishi malum bo'ldi. Bunga asosiy sabab - stadion. CHeshirdagi "Select Security" stadioni ayni damda shunday holatda.
15 dekabr kuni "Liverpul" ayollar jamoasi ushbu stadionda o'zining so'nggi uy o'yinini o'tkazgandi. O'shanda shunday holat kuzatilgandi.
Qayd etish kerak, "Liverpul" ayollar futboliga katta etibor bermaydi. Jamoa ayni damda birorta g'alabaga erishmagan va 3 ochko to'plagan holda turnir jadvalining so'nggi pog'onasida bormoqda.
Fikrlar