So’nggi yangiliklar

00:40Испания кубоги. "Барселона" – "Атлетико". Таркиблар аниқ!  11 00:32АПЛ. "Челси" – "Саутгемптон". Таркиблар аниқ!  1 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду фаолиятидаги 925-голини урди  1 00:15Сардор Рашидов "Навбаҳор"да қолади  1 00:00Ўзбекистон Суперлигасида қишки трансфер ойнаси ёпилди  0 23:57"Навбаҳор" беш нафар легионерни Суперлига учун рўйхатдан ўтказди. Улар кимлар?  0 23:36Трент ва "Реал Мадрид" 4 йиллик шартнома бўйича оғзаки келишувга эришишди  10 22:33Тебас: "Реал" раҳбарияти ўзидан қурбон ясаб олиб, хар ҳил фитна назарияларини тарқатмоқда"  48 22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  4 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  6 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  4 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  11 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  3

"Liverpul"ning Klopp qo'l ostidagi eng yomon o'yini bo'ldi! Yangiliklar

"Liverpul"ning Klopp qo'l ostidagi eng yomon o'yini bo'ldi!

"Liverpul" barcha muxlislarini asabiylashtirishda davom etmoqda, kecha jamoa "Brayton"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Bundan yomon o'yinni eslay olmayman". Xatto "Liverpul"ning ichidagilar ham shok holatida

Barcha daxshat ikkinchi bo'limda sodir bo'ldi. 47-daqiqada Kaoru Mitoma mehmonlar himoyachisi Joel Matipning xatosidan unumli foydalandi va to'pni olib qo'ydi. Keyin esa u to'pni Solli Marchga oshirdi, yakunda u Alissonni dog'da qoldirdi.

53-daqiqada March dubl qayd etdi: uning uzoq burchakka yo'llagan kuchli zarbasidan keyin hisobdagi farq oshdi.

82-daqiqada esa Denni Uelbek hisobni yiriklashtirdi: Jo Gomes osonlik bilan ortda qoldirildi va kuchli zarba bilan darvozabondan ham to'pni o'tkazdi.

"Liverpul" parchalanib tashlanganini statistikadan ham bilsak bo'ladi: to'pni ushlab turish 62ga 38, zarbalar 16ga 6, xG esa 2,24-1,03ga teng bo'ldi.

Yurgen Klopp o'yindan keyin mag'lubiyat sababini tushuntirmoqchi bo'ldi: "Yomon. Juda yomon. Bundan yomon o'yin bo'lmagan. "Brayton" bizdan ancha kuchli o'ynadi va g'alabaga to'laqonli haqli edi. Ular rostdan ham zo'r o'ynashdi".

U aybning bir qismini futbolchilarga ham ag'darib o'tdi: "Bazida jamoa tartibli o'ynamasa ham shunday bo'ladi. Biz juda ko'p kurashlarda kechikdik. Balki yakkakurashlarda mag'lub bo'laversak yoki to'pni osonlikcha yo'qotsak... Futbolda bundan battar nima bo'lishi mumkin. Bu istalgan sxemani buzib tashlashi mumkin".

Futbolchilar ham hayratda. Jordan Xendersonning fikrlaridan ham bu ayon: "Barchasi boshidanoq yomon kechdi, oxirigacha shunday bo'ldi. "Brayton" barcha aspektlardan bizda yaxshi edi. Klopp davridagi eng yomon o'yinni o'tkazdik. Boshqasini eslay olmayman. Rostdan ham juda og'ir kun".

- "Liverpul" 2023 yilda g'alabaga erisha olmayapti: so'nggi g'alaba 30 dekabr kuni "Lester" ustidan qo'lga kiritilgan, 2:1. Bundan keyin "Liverpul" safarda "Brentford"ga yutqazdi (3:1), keyin kubokda "Vulverxempton" bilan durang o'ynadi (2:2).

- 0:3 - "Liverpul"ning so'nggi ikki yildagi eng yirik mag'lubiyati. So'nggi bora jamoa 2021 yilning 7 fevral kunida "Enfild"da "Manchester Siti"ga yirik hisobda yutqazgandi, 1:4.  Agarda barcha turnirlarni inobatga olsak, jamoa ECHLda "Napoli"ga 1:4 hisobida yutqazdi.

- Aytgancha, "Man Siti" va "Liverpul" so'nggi bir turda APLning 2020/21 yilgi mavsumning 27-turida birgalikda mag'lub bo'lgan: "Liverpul" 0:1 hisobida "Fulxem"ga, "Manchester Siti" esa 0:2 hisobida MYUga.

"Liverpul"da jarohatlar ko'payib ketdi, transfer esa birgina

"Liverpul"ni jarohatlar ko'p qiynadi. Mutaxassis Aurel Nazmiu APL jamoalarining jarohatlari statistikasini hisoblab chiqdi. "Liverpul" futbolchilari bu borada 160 o'yinni jarohati bois o'tkazib yuborgan.

Hozircha tarkibda Virjil van Deyk, Darvin Nunes, Roberto Firmino, Diogu Jota, Luis Dias kabi futbolchilar lazaretda.

Aslida Nunes eng so'nggi jarohatlangan futbolchi, so'nggi bir qancha mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi. 13 yanvar kuniga qadar u bu borada bir qancha malumotlarni oshkor qildi: "O'zimiz ham kutyapmiz. Jarohat unchalik jiddiy emas, biroq shug'ullanishga halaqit qilmoqda. Keling, kutamiz".

Virjil van Deyk esa "Brentford"ga qarshi o'yinda jarohatlangandi. U fevralgacha safdan chiqqan, taxminan. Klopp bu borada shunday dedi: "Uning taxlillari biroz qaysarroq bo'ldi. Biz haftadan kattaroq bo'lgan oy haqida gapiramiz. Umid qilamanki, u tezroq safga qaytadi. Tarkibda boshqa himoyachilarimiz ham bor".

Luis Dias va Diogu Jota oktyabr oyidan buyon tarkibda emas: kolumbiyalik futbolchi Dubaydagi yig'inlarda tizzasidagi jarohatini yangilab olgan, portugaliyalik esa boldiridagi muammosini bartaraf etyapti. Dias safga martda qaytsa, Jota fevraldan oldin tarkibga qo'shilmaydi.

Umuman olganda Artur ham bor, yanvar oyida jarohat olgan futbolchi sog'lom holatida ham tarkibga qo'yilgani yo'q.

Yana bir muammo - transferlar, bu mavzuga xatto Yurgen Klopp ham javob berishni istamaydi. "Brayton"ga qarshi o'yindan keyin Yurgen jurnalistga barchasini tushuntirish uchun 2 daqiqa sarfladi. "Liverpul" PSVdan Kodi Gakponi tarkibiga qo'shib olganidan keyin Klopp: "Biz "Monopoliya"da o'ynamayapmiz. Bungacha ham unday bo'lmagan. Bu mening faoliyatimdagi muhim bo'limlardan biri - men qo'l ostimdagi futbolchilar bilan ishlayman, ularga imkoniyat va ishonch beraman, shubxa ostiga olmayman va rahbariyatga chiqib, aynan ushbu futbolchining o'rniga boshqasi kerakligini aytmayman".

***

"Liverpul" 28 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda. Agarda hisoblaydigan bo'lsak, 18-turdan keyin "Liverpul" 2015/16 yilgi mavsumda ushbu o'rindan pastda bo'lgan, Brendan Rojersdan qolgan jamoani aynan Klopp qabul qilib olgandi.

Uzoq yillar davomida Evropa futbolida eng zo'rlaridan biri bo'lgan Kloppning "Liverpul"ini inqirozli davr kutmoqda shekilli.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика