"Liverpul"ning asosiy futbolchisi jarohat sabab 2 o'yinni o'tkazib yuboradi - bu Saloh emas
05 jan 17:52
Yangiliklar
"Liverpul"ning asosiy futbolchisi jarohat sabab 2 o'yinni o'tkazib yuboradi - bu Saloh emas
"Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslai jarohat sabab jamoasining navbatdagi ikki o'yinini o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi. Bu malumotni jamoa ustozi ham tasdiqladi.
"Bu chindan jarohat ekanligini tasdiqlay olaman. Mushaklar, tizzaosti mushaklari. Biroq barchasini yanada sinchkovlik bilan tekshirish zarur.
Domning kayfiyati juda yaxshi, u kuchli og'riqni sezmayapti, ammo biroz sabr qilishimiz talab etiladi. SHunday ekan u yakshanba va chorshanba kunlari maydonga tushishi imkonsiz.
Xavbek 1 yanvar kuni APL 20-turi doirasida "Nyukasl"ga qarshi bellashuvni (4:2) yakunlay olmagandi.
7 yanvar sanasida "qizillar" "Arsenal" bilan Angliya Kubogi 1/32 finalida, 10 yanvarda esa Liga Kubogi birinchi yarim finalida "Fulxem" bilan ro'baro keladi.
Fikrlar