So’nggi yangiliklar

02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  0 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  2 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  8 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  1 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  6 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  22 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0

Liverpullik "Stivi Ji" - Stiven Jerrard haqida Yangiliklar

Liverpullik "Stivi Ji" - Stiven Jerrard haqida

Teglar :  Stiven Jerrard
"Liverpul"ning afsonalaridan biriga aylangan "LA Gelaksi" futbolchisi Stiven Jerrard haqida malumotlar beramiz.

Stiven Jorj Jerrard  - 1980 yil, 30 mayda Britaniyaning Mersisayd shahrida tug'ilgan. Angliyalik futbolchi, “Los Anjeles Gelaksi” yarim himoyachisi. Futboldagi asosiy faoliyatini “Liverpul”da o'tkazgan.

8 yoshida “Liverpul” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisiga aylangan. 1998 yilda jamoaning asosiy tarkibida debyut qilgan. 2000 yilda esa asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. 2003 yilda Sami Xyupyadan sardorlik bog'ichini qabul qilib olgan. “Liverpul”dagi butun boshli faoliyati davomida ikki marta Angliya kubogi, uch marta futbol ligasi kubogi, ikki marta Angliya superkubogini, bir martadan Evropa chempionlar ligasi va UEFA kubogini va ikki marta Evropa superkubogi sohibiga aylangan.

Terma jamoa safida ilk marotaba 2000 yilda maydonga tushgan. To'rtta Evropa CHempionati va uchta jahon chempionatida ishtirok etgan.
2005 yilda Stiven Evropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. “Oltin to'p” so'rovnomasida uchinchi o'rinni egallagan.

Bolaligi

Stiv 1989 yilda, yani 8 yoshligida “Liverpul” skautlari nazariga tushgan va futbol klub akademiyasida talim olishni boshlagan.
U bolaligida tengdoshlari orasida yaqqol ajralib turmagan. SHuningdek, terma jamoadan ham chaqiriqlar olmagan. Hattoki, o'z vaqtida professional futbolchi bo'lish istagidan voz kechmoqchi ham bo'lgan. 14 yoshligida turli jamoalar ko'rigida bo'lgan. Ushbu jamoalar orasida MYU ham borligini takidlab o'tish lozim. “Liverpul” bilan ilk professional shartnomasini 1997 yilning 5 noyabrida imzolagan.


“Liverpul”



1998 yilning 29 noyabrida u ilk marotaba “qizillar” safida debyut qilgan.
2000/01 yilgi mavsumda Jerrard ilk marotaba sovrin qo'lga kiritgan. O'shanda u jamoasi bilan birgalikda  Angliya kubogi hamda Liga kuboklarida zafar quchgan. UEFA kubogining finalida “Alaves”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda esa uning muhim gol evaziga “Liverpul” 5:4 hisobida g'alaba qozongan.
Mavsum yakunlariga ko'ra Jerrard Angliyaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.

2004 yilning yozida futbolchi “CHelsi”ga o'tib ketishga juda yaqin kelgandi. Lekin, uzoq davom etgan muzokara, gap-so'zlardan so'ng futbolchi “qizillar” safida qolishga qaror qildi. Uning ushbu qarorida uning Liverpuldagi do'stlari, oila azolari va shuningdek jamoa boshqaruvini qo'lga olgan Rafael Benitesning o'rinlari katta bo'ldi.

Jerrardning faoliyati haqida gap ketganida 2005 yilgi Istambul finali haqida gapirib ketmasak bo'lmaydi. O'shanda “Liverpul” CHempionlar Ligasi finalida “Milan”ga to'qnash kelgandi. Birinchi bo'limni “qizillar” 0:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunladilar. Lekin, ikkinchi bo'limda Jerrardning kiritgan golidan so'ng barchasi o'zgarib ketdi. Bir necha daqiqadan so'ng SHmicer hisobni 2:3 ga etkazadi. Biroz o'tib esa, “Milan” jarima maydoni ichida Jerrardga nisbatan qo'pollik ishlatiladi va Xabi Alonso penaltini golga aylantirib o'rtadagi muvozanatni tiklaydi – 3:3.
O'yindan so'ng bo'lib o'tgan penaltilar seriyasida “Liverpul” g'alaba qozonadi va tarixiy g'alabani qo'lga kiritadi.



2009 yilning 22 martida Jerrard “Aston Villa”ga qarshi o'yinda faoliyatidagi ilk xet-trikni amalga oshiradi.
19 oktyabr kuni esa Jerrard APLdagi 100-golini raqiblar darvozasiga kiritgan.

2013/14 yilgi mavsumda “Liverpul” chempionlik uchun kurashgandi. Ammo, 36-turda “CHelsi”ga qarshi o'yinda aynan qahramonimiz yo'q joyda yiqilib tushib, xatoga yo'l qo'yadi va shundan so'ng raqib futbolchisi Demba Ba gol kiritib, “CHelsi”ning g'alabasini taminlaydi. Aynan o'sha mag'lubiyat sababli “Liverpul” chempionlikdan quruq qolgan va chempion “Manchester Siti”dan 2 ochkoga ortda qolib ketadi.

2015 yilning 2 yanvarida u “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirmasligini va Angliyadan tashqarida ham futbol o'ynab ko'rish istagi borligini malum qildi. O'sha yilning 24 may kuni u “Liverpul” safidagi so'nggi o'yinida maydonga tushadi. O'sha o'yinda “qizillar” safarda “Stok Siti”ga 6:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Jerrard esa jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan.




“Los-Anjeles Gelaksi”


2015 yilning iyulida u MLSning “Los-Anjeles Gelaksi” jamoasi safiga borib qo'shiladi. 12 iyul kuni yangi jamoasi safida ilk o'yinda maydonga tushadi. 18 iyul kuni esa klubi safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritadi.


Terma jamoa

Stiven Jerrard Angliya terma jamoasi safida ilk marotaba 2000 yilning 31 may kuni Ukraina terma jamoasiga qarshi o'yinda debyut qilgan. O'sha yili terma jamoasi bilan Evropa chempionatida ishtirok etgan. Biroq, o'sha turnir inglizlar uchun omadsiz kechgan.

2002 yili bo'lib o'tgan Mundialni esa u jarohati sababli o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
Evro-2004 o'yinlarida esa terma jamoasi bilan chorak finalgacha etib borgan. O'shanda Angliya chempionat mezboni Portugaliya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
2006 yili Germaniyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida esa yana Portugaliya terma jamoasi Angliyani turnirdan chiqarib yuboradi. O'shanda jamoa penaltilar seriyasida yutqazib qo'ygandi.
2010 yilgi JCHda esa u Mundialdagi ilk golini AQSH darvozasiga kiritgan. Guruhdan muammosiz chiqqan Angliya bu safar Germaniya terma jamoasiga yutqazib qo'yadi va yana turnirni erta yakunlashga majbur bo'ladi.



Evro-2012ga terma jamoani sardor sifatida boshlab tushgan futbolchi turnir davomida ikkita aniq golli pas berishga muvaffaq bo'ladi. CHorak finalda esa bo'lajak finalchi – Italiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida imkoniyat boy beriladi.
2014 yil Braziliyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida ham Stiven jamoasini sardori bo'ladi. Angliyaliklar uchun juda omadsiz o'tgan o'sha JCHda jamoa bitta o'yinda ham g'alaba qozona olmagan va guruhda so'nggi o'rinni egallab ortga qaytishga majbur bo'lgan.
2014 yilning 21 iyulida Stiven Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini elon qildi. U "uch sherlar" tarkibida 114 ta o'yin o'tkazib, 21 marotaba raqiblar darvozasini aniq nishonga olgan.


Erishgan yutuqlari: 

Angliya Kubogi sohibi: 2000/01, 2005/06
Liga Kubogi sohibi: 2000/01, 2002/03, 2011/12
Angliya Superkubogi sohibi: 2001, 2006
CHempionlar Ligasi g'olibi: 2004/05
UEFA Kubogi sohibi: 2000/01
Evropa Superkubogi sohibi: 2001, 2005


Vikipediya malumotlari asosida tayyorlandi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика