"Liverpul"ga Umtiti bilan 6 mln funt evaziga shartnoma imzolash taklif etildi. Klub rad etdi
06 may 2021 17:38
Yangiliklar
"Liverpul"ga Umtiti bilan 6 mln funt evaziga shartnoma imzolash taklif etildi. Klub rad etdi
"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
6 million funt (deyarli 7 mln evro) evaziga 27 yoshli franciyalik markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash "Liverpul"ga taklif etildi.
Angliya klubi rad etdi, sababi ular "RB Leypcig" himoyachisi Ibraima Konatega ishonch bildirishmoqda.
Samuel Umtiti joriy mavsum La Liga doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar