"Liverpul"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmagan Myuller "Bavariya" bilan birga uchmoqda
18 fev 2019 14:32
Yangiliklar


"Liverpul"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmagan Myuller "Bavariya" bilan birga uchmoqda
Ertaga, 19 fevral kuni ECHL 1/8 final uchrashuvlari davom ettiriladi.
Ertangi kunning markaziy bahsi "Enfild"da bo'lib o'tadi. Unda "Liverpul" jamoasi "Bavariya"ni qabul qiladi.
Liverpool |
Champions League Final Stage . 1/8-tur 20/02/2019, 01:00 0
:
0
Tugadi
|
Bayern Munich |
Stadion: Anfield, 52250 tomoshabin
Bosh hakam: Gianluca Rocchi
45'
90'
Myunxenliklar matbuot xizmati "qizillar"ga qarshi bellashuv uchun Angliyaga uchadigan futbolchilar nomini elon qildi.
Jamoaning tajribali vingeri Frank Riberi yana bir bor ota bo'lgani sababli Liverpulga ertaga etib boradi. Bundan tashqari, Germaniyaning "Kicker" nashri tarqatgan malumotga ko'ra, myunxenliklar etakchisi Tomas Myuller ikkita o'yinni o'tkazib yuborishiga qaramay jamoa bilan birga Tumanli o'lkaga uchmoqda. Bundan maqsad - jamoani qo'llab-quvvatlash va o'yinchilarga dalda bo'lish.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar