"Liverpul"da yana bir yo'qotish: Jota 2 oyni o'tkazib yuboradi (Record)
13 dek 2020 00:42
Yangiliklar


"Liverpul"da yana bir yo'qotish: Jota 2 oyni o'tkazib yuboradi (Record)
"Liverpul" yarim himoyachisi Diogu Jota tizzasidagi jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan.
24 yoshli portugaliyalik futbolchi ECHL 6-turidan o'rin olgan "Midtyulland" bilan o'yinda oyog'ini shikastlab olgan edi.
Record nashrining xabariga ko'ra, jarohat jiddiy bo'lib chiqqan va Jota yaqin 2 oyni maydon tashqarisida o'tkazib yuboradi.
U joriy mavsum 17 o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar