"Liverpul" Jerrardga murabbiylar shtabida joy bermoqchi
02 dek 2014 19:41
Yangiliklar

"Liverpul" Jerrardga murabbiylar shtabida joy bermoqchi
"Liverpul" klubi Stiven Jerrardni o'z safida olib qolish uchun murabbiylar shtabidan joy berishga tayyor.
Ikki hafta oldin 34 yoshli Jerrard yangi shartnoma borasida taklif olgandi. Biroq "qizillar" safida asosiy tarkibdagi joy kafolatlanmagani uchun futbolchi taklifga javob berishga shoshilayotgani yo'q.
Endi "Liverpul"ning ko'p yillik sardori kam maydonga tushishga rozi bo'lsa shartnomani uzaytiradi. Yana bir variant sifatida xorij klubiga ko'chib o'tish, 1 yanvardan Jerrard istagan klub bilan muzokara o'tkazishi mumkin.
The Telegraph nashrining xabariga ko'ra, "Liverpul" rahbariyati StiviJiga futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng murabbiylar shtabiga kirishni taklif qilmoqchi.
Mersisaydliklar ustozi Brendan Rojers Jerrardni o'z yordamchilaridan biriga aylantirishga rozi. Stiven esa uzoq muddat murabbiylik qilishni istamoqda.

Fikrlar