Liverpul Xabi Alonsoni qaytarmoqchi
19 noy 2015 08:30
Yangiliklar


Liverpul Xabi Alonsoni qaytarmoqchi
Bavariya yarim himoyachisi Xabi Alonso Liverpulga qaytishi mumkin.
Mersisayd klubi yozda erkin agentga aylanadigan 33 yoshli ispaniyalik futbolchi o'z safiga qo'shib olmoqchi, deb xabar bermoqda Bild nashri.
Oldinroq Bavariya Xabi Alonso bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi haqida xabarlar chiqqandi. Unga Inter ham davogarlik qilmoqda.
Futbolchi Liverpulda 2004-2009 yillarda o'ynagan. Ushbu jamoa bilan birga 2005 yilda Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqqan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar