So’nggi yangiliklar

09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  2 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  15 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  1 01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  3 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  1 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  1 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  6 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  5 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  3 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  2 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  2 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  10

"Liverpul" - "Vilyarreal": "Ispanlar ertagi" shu erda tugaydimi? Yangiliklar

"Liverpul" - "Vilyarreal": "Ispanlar ertagi" shu erda tugaydimi?

Bugun UEFA CHempionlar Ligasining ikkinchi yarim finalida "Liverpul" o'z maydonida "Vilyarreal"ni qabul qiladi.

Ko'pchilik "Vilyarreal" ertagi shu erda yakunlanadi deb hisoblamoqda, ammo amalda ham shunday bo'ladimi? Har ikki raqibning mavsum davomida bosib o'tgan yo'li, bugungi holati haqida malumot berishga harakat qildik. 

 

"Liverpul"

1. "Liverpul" ajoyib sport formasida: hujumda ham, himoyada ham "ishlar besh"

"Tarixdagi eng kuchli "Liverpul" - deb atadi bo'lajak raqibini "Vilyarreal" ustozi Unai Emeri. "Liverpul" chindan kuchli va balki 3 yil oldingidanda kuchliroqdir. Bugun Yurgen Klopp jamoasi kuchsiz nuqtasi yo'q mexanizmdek. Nazarimda futbolchilarning hozirgi sport formasi esa mavsumdagi eng yaxshisi. 2022 yil "Liverpul" faqat bir marta mag'lub bo'ldi - "Inter"ga qarshi javob o'yinida. 26 bahsda 21 g'alaba va ishtirok etayotgan barcha musobaqalarida g'oliblik uchun kurashni davom ettirmoqda. Bu kabi muvaffaqiyat futbolchilarning individual yutuqlari, ustunliklari mahsuli bo'lish bilan birga, jamoaviy mehnatning samarasi hamdir. Mo Salax - APLning eng yaxshi to'purari va eng yaxshi assistenti, Alisson Premer-Ligada "quruq o'yinlar" bo'yicha etakchi, Virjil Van Deyk misol uchun "Enfild"da chempionat doirasida "Liverpul" libosida hali ham mag'lubiyatga uchramadi.

Jamoaning bugungi holati ancha murakkab. Inglizlarni mavsumning og'ir yakuni kutib turibdi. Har birida maksimal vazifa belgilangan uchta turnirda birdek o'ynash oson emas. Bunday vaziyatda "Liverpul" zaxira o'rindig'i yordamga kelishi kerak bo'ladi. "Yordamchilar" bu ishni ajoyib tarzda uddalashmoqda. "Everton"ga qarshi bahsda ko'p narsani zaxiradan tushirilgan Divok Origining bir o'zi hal qildi. Yurgen Klopp ixtiyorida istalgan vaqtda u yoki bu nuqtani yopa oladigan munosib o'rinbosar mavjud. Bu muhim faktor va qiyin pallada "Liverpul"ga yordamga kelishi mumkin.


2. Tyago Alkantara - "Liverpul"ning yashirin etakchisi



Salax, Mane, Van Deyk, Alisson - zo'r futbolchilar va "Liverpul"ning bugungi muvaffaqiyatlarida ularning xizmati katta. Ammo tarkibda juda katta ko'lamdagi ishni bajarib, ko'pincha soyada qolib ketadigan, ammo "qizillar" o'yiniga nomdor sheriklaridan kam bo'lmagan darajada tasir o'tkazadigan bir yigit bor. Bu markaziy yarim himoyachi Tyago Alkantara. Vaqtida uning "Liverpul" safiga kelib qo'shilishini muxlislar turlicha qabul qilishdi va ispaniyalikdan ko'p narsa kutishmagandi. O'tgan mavsum Tyago ijrosida sifatli darajada bo'lgan bo'lsa, bunisi shunchaki ajoyib o'tmoqda. "Liverpul" uchun uning qanchalik muhimligini bilish uchun raqamlarga murojaat qilishning o'zi etarli. APLning bu mavsumida Tyago maydonda bo'lsa "mersisaydliklar" 14 o'yinda 13 g'alabaga erishdi va o'rtacha 0.3 ta gol o'tkazib yubordi. Ispaniyaliksiz "Liverpul" APLdagi har ikki mag'lubiyatini qabul qilib oldi va o'rtacha bittadan gol o'tkazib yubordi. Oxirgi o'yinlarda Tyago shunchaki benazir - "Man Yunayted" bilan o'yinda Tyago Alkantara "o'yinning eng yaxshi futbolchisi" deb tan olindi, "Everton"ga qarshi uchrashuvda u bir o'zi raqib jamoadan ko'proq uzatmani amalga oshirdi. Ispaniyalik - maydon markazidagi muhim figura, "Liverpul" tarkibda usiz nisbatan kuchsizroq, maydonda Tyago bo'lganda esa Yurgen Klopp "banda"si yanada kuchliroq harakat qiladi.

Mezbonlarga bugun Firmino jarohati sabab yordam bera olmaydi. 


"Vilyarreal"

1. "Vilyarreal" bugun Jerar Morenodan foydalana olmaydi, ammo...

Jerar Moreno uchun mavsum qismlarga bo'linmoqda - u futbol o'ynayotgan va davolanayotgan qismlarga. Buning hammasi o'tgan yil sentyabr oyida boshlangandi. "Vilyarreal" futbolchisi terma jamoa ixtiyoridan jarohat bilan qaytgandi. O'shandan buyon Jerar klub lazaretining muntazam azosiga aylanib qoldi va ketma-ket 7 o'yinda maydonga tushmayapti. La Liganing oxirgi turida "Xetafe"ga qarshi bellashuvda ham forvard tizzasida og'riq sezdi va zaxiraga olindi. Bu futbolchi uchun mavsumdagi oltinchi jarohat hisoblanadi. "Liverpul"ga qarshi bahsga katta ehtimol bilan u tayyor bo'lib ulgurmaydi. Klubdagilar Jerar Moreno javob bahsiga to'liq tayyor bo'lishini kutishmoqda. "Zato" markazning muhim vakili Fransis Koklen safga qaytdi. Franciyalik yarim himoyachi Liverpul shahriga o'zgacha ishtiyoq bilan yo'l olgan. O'yin oldidan bergan intervyusida u "Vilyarreal"ga ishonishini, jamoa "Enfild"ga sayohat uchun kelmasligini takidlab o'tdi.

2. "Vilyarreal" - CHempionlar Ligasining eng katta "syurprizi"

"Vilyarreal" tarixida ikkinchi marta ECHL yarim finaliga etib bordi. Bugun "sariq suvosti kemasi" qita grandlarini ham hurmat bilan muomalada bo'lishga majbur qila oldi, bunday reputaciyaning asoschisi esa Unai Emeri. Ikki xil klub bilan to'rt marta Evropa Ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritgan. G'alabalardan biri "Sevilya" bilan 2016 yil "kak raz" Yurgen Klopp boshchiligidagi "Liverpul" ustidan.

"Sariq suv osti kemasi"ning yarim finalgacha bosib o'tgan yo'li alohida tarix. Jamoa himoyachisi Raul Albiol ushbu vaziyatni kompyuter o'yinida qiyinlashtirilgan rejimga qiyosladi. "Yuventus", "Bavariya" va mana keyingi daraja - "Liverpul". 

"Vilyarreal" italiyaliklar va nemislarga qarshi uy o'yinlarida ayniqsa kuchli ko'rindi. Safarda esa vaziyatlardan fantastik darajada foydalanish va himoyadagi mardonavorlik hal qiluvchi jihatga aylandi. Ikki o'yinda raqib darvozasiga 4 ta aniq zarba bergan ispanlar 4 ta gol urdi. Nazarimizda, jamoa birinchi o'yinni o'z uyida o'tkazgani katta yordam berdi. Aynan o'z maydonida javob bahsi uchun kichik bo'lsada, ustunlikni yaratish uchun harakat qildi Emeri jamoasi. Biroq endi "Vilyarreal" birinchi uchrashuvni safarda, "Enfild"da, o'tkazadi. Bu ham ushbu juftlik to'qnashuvi yakuniy natijasiga jiddiy tasir ko'rsatishi mumkin bo'lgan omil.


To'g'ri, "Liverpul" ancha kuchli raqib, biroq shaxsiy fikrim - "Liverpul"ga kamida oson bo'lmaydi. Biroz omadi ham kelsa, Emeri "Yuventus", "Bavariya" qatoriga "Liverpul"ni qo'shib qo'yishi hech gap emas.


La Liga ishqibozlari uchun ushbu telegram-kanalni tavsiya qilamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика