“Liverpul” va MYU APL klublari sonini qisqartirishni taklif etmoqda
11 okt 2020 19:30
Yangiliklar


“Liverpul” va MYU APL klublari sonini qisqartirishni taklif etmoqda
Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Nashr jurnalistlari “Jonlanish” degan nom bilan ishlab chiqilayotgan hujjatni o'z ko'zlari bilan ko'rishgan. Hujjat Angliya futbolida yuz berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni o'z ichiga olgan va “Liverpul” hamda MYU buni qo'llab-quvvatlashi ko'rsatilgan.
Gap APLdagi klublar soni 20 tadan 18 tagacha qisqartish, Angliya futbol ligasiga ko'mak ko'rsatish (2 diviziondan 4 gacha) va Liga Kubogini bekor qilish haqida ketmoqda.
Elitadagi klublar sonining qisqarishi bilan CHempionshipdan Premer-ligaga yo'l oladigan jamoalar soni ham uchtadan 2 taga kamayadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar