“Liverpul” va “CHelsi” “Ayaks” futbolchisi uchun kurashadi
11 fev 2020 09:47
Yangiliklar


“Liverpul” va “CHelsi” “Ayaks” futbolchisi uchun kurashadi
“Ayaks” hujumchisi APLda paydo bo'lishi kutilmoqda.
Kvinsi Promes yozgi transferlar vaqtida “Ayaks”ni tark etib, APLda faoliyatini davom ettirishi mumkin. Futbolchi o'z harakatlari bilan “Liverpul” hamda “CHelsi” klublari nazariga tushgan. Qayd etilishicha, Mersisayd hamda London klubi futbolchi transferi yuzasidan “Ayaks” bilan dastlabki muzokaralarni boshlagan. “Ayaks” esa Promes bilan 40 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor.
Futbolchi joriy mavsum Niderlandiya chempionatida 18 ta o'yinda qatnashib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar