"Liverpul" Tilemans bilan shartnoma imzolashi mumkin
15 iyu 2021 13:27
Yangiliklar
"Liverpul" Tilemans bilan shartnoma imzolashi mumkin
"Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemansga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.
Jorjino Veynaldum PSJga ketganidan so'ng Yurgen Klopp jamoaning markaziy chizig'ini kuchaytirish uchun variantlar izlamoqda.
Davogarlardan biri Yuri Tilemansdir. "Lester" belgiyalikning sotuvidan 70 mln evro ishlab olmoqchi. "Liverpul" shuningdek Renatu Sanshesh ("Lill") va Saul ("Atletiko") variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Tilemans "Lester"da umumiy 108ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 19ta assist qayd etdi. O'yinchining "Lester" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar