"Liverpul" sobiq o'yinchisi: "Robertson - dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi"
13 jan 2021 14:50
Yangiliklar


"Liverpul" sobiq o'yinchisi: "Robertson - dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi"
"Liverpul" sobiq o'yinchisi Xose Enrike mersisaydliklarning qanot himoyachisi Endryu Robertson haqida gapirdi.
"Men Robertsonni dunyodagi eng kuchli chap qanot himoyachisi deb hisoblayman. Endryu so'nggi mavsumlarda aqlbovar qilmas futbol namoyish etmoqda.
"Liverpul" har 3-4 kunda o'yin o'tkazadi, bu yigit esa doim yuqori darajada o'ynaydi. Robertson men uchun "qizillar" tarkibidagi mavsum futbolchisi", - deydi Enrike.
26 yoshli shotlandiyalik futbolchi joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar