"Liverpul" sobiq futbolchisi mashg'ulotlarda murabbiyi bilan janjallashib qoldi
26 okt 2023 13:28
Yangiliklar
"Liverpul" sobiq futbolchisi mashg'ulotlarda murabbiyi bilan janjallashib qoldi
"Monpele" himoyachisi Mamadu Sako jamoasining mashg'ulotlari vaqtida haddidan oshdi.
"Liverpul" va Franciya terma jamoasi sobiq futbolchisi bosh murabbiy Mishel Ter-Zakaryan unga nisbatan qo'pollik ishlatilganini qayd etmaganidan norozi bo'ldi, deb xabar berdi "L'Equipe".
Qisqa janjaldan keyin Sako murabbiyning yoqasidan ushlab, maydonga yiqitdi.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli himoyachi faoliyatida pasayish kuzatilmoqda. Bu mavsumda u bor-yo'g'i 6 daqiqani maydonda o'tkazdi.
Mamadu Sako ilgari Yurgen Klopp bilan munosabatlari yaxshi bo'lmagani uchun "Liverpul"ni tark etgan edi.
Fikrlar