“Liverpul” sobiq forvardi: “Verner zaxirada o'tirishga tayyor turaversin”
05 may 2020 21:10
Yangiliklar


“Liverpul” sobiq forvardi: “Verner zaxirada o'tirishga tayyor turaversin”
Mersisaydliklar sobiq hujumchisi Jon Oldridj “RB Leypcig” azosi Timo Verner “qizillar” tarkibiga keladigan bo'lsa qanday muammolarga duch kelishi haqda gapirdi.
“Umid qilamizki, transfer bozori qayta ochiladi va “Liverpul” hujumdagi trioni qo'llash maqsadida kimnidir sotib oladi. “Liverpul”ning hozirgi holatiga ko'ra, keladigan yangi futbolchi yuqori saviyali bo'lishi aniq. U nimalarga qodirligini maydonda va undan tashqarida isbotlashga astoydil harakat qiladi, chunki hozirda klub talabi juda yuqori. “Liverpul”ga kelgan har qanday futbolchi o'ziga bo'lgan ishonchni ko'rsata olishi kerak. Agarda Timo Verner “Liverpul”ga o'tadigan bo'lsa, katta muammolarga duch keladi. U zaxira o'rindig'ida o'tirishga tayyor bo'lishi zarur”, deydi Oldridj.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar