"Liverpul" sobiq darvozaboni Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
14 mar 2023 13:29
Yangiliklar
"Liverpul" sobiq darvozaboni Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
"Bryugge" posboni Simon Minole Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini malum qildi.
"Mag'rurlik. SHaraf. Minnatdorchilik. Ushbu uchta so'z bilan men faoliyatimdagi bu go'zal bobni tasvirlab bera olaman", – dedi 35 yoshli futbolchi.
Minole 2011 yilning 25 martida Belgiya terma jamoasida debyut qilgan va shundan so'ng jamoa safida 35 ta o'yinda maydonga tushgan.
Darvozabon "Sanderlend" va "Liverpul"dagi o'yinlari bilan tanilgan.
Fikrlar