"Liverpul" SHakirini 9,5 million funtga sotadi Yangiliklar

"Liverpul" SHakirini 9,5 million funtga sotadi

Angliyaning "Liverpul" klubi yarim himoyachisi Jerdan SHakiri "Lion"ga o'tish arafasida turibdi.

Klublar 29 yoshli yarim himoyachini 9,5 million funt evaziga transfer qilishga kelishib olishdi.

SHveycariyalik futbolchi francuz jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tishga ruxsat oldi hamda shaxsiy shartnoma tafsilotlarini kelishdi.

Eslatib o'tamiz, "qizillar" 2018 yilning yozida SHakirini "Stok Siti"dan 13,75 million funtga sotib olgandi.

O'tgan mavsumda futbolchi Premer-liganing 14 ta bahsida maydonga tushgan, ammo asosiy tarkibga atigi besh marotaba kiritilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика