"Liverpul" Savichga qiziqish bildirmoqda
10 fev 2023 21:27
Yangiliklar
Mersisaydliklar "Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football News Italy muxbiri Stiv Key xabar berdi.
"Liverpul" Milinkovich-Savich atrofidagi odamlar bilan gaplashayotganini yaxshi bilaman, chunki ular yozda yarim himoyani yangilashlari kerak", - deydi jurnalist.
Sergey Milinkovich-Savichning amaldagi shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Agar "Lacio" 27 yoshli serbiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erisha olmasa, yozda futbolchini sotish klub uchun foydali bo'lishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
01:23
Sergey Lushchan: "5-8ta gol o'tkazib yubormaganimiz yaxshi bo'ldi. Tarkibimiz o'zgarmayapti" 9
20:18
Sergey Chigodaev: "Vaziyatlarimiz juda ham ko'p bo'ldi, lekin ularni golga aylantira olmadik" 7

Fikrlar