"Liverpul" Rayola bilan muzokara o'tkazmoqda
15 sen 2021 18:28
Yangiliklar
"Liverpul" Rayola bilan muzokara o'tkazmoqda
"Liverpul" kelasi yoz Erling Xolandni qo'lga kiritmoqchi.
OAV xabarlariga ko'ra, inglizlar futbolchi agenti Mino Rayola bilan muzokaralarni boshlab ulgurgan. "Qizillar" yozgi transferlar oynasi vaqtida norvegiyalikning tovon puli 75 mln evrogacha tushishini yodda tutgan holda, hujumchi transferi uchun kurash og'ir bo'lishini tushunib turibdi.
Futbolchi xizmatlariga shuningdek "CHelsi", "Manchester Yunayted" va "Real Madrid" ham qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar