"Liverpul" rahbariyati jamoaga Gvardiolni olib kelmoqchi
28 noy 2022 21:23
Yangiliklar
"Liverpul" rahbariyati jamoaga Gvardiolni olib kelmoqchi
"Liverpul" xorvatiyalik iqtidorli himoyachi Yoshko Gvardiolni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
20 yoshli futbolchi Germaniyaning "RB Leypcig" jamoasida to'p tepadi. OAV muntazam ravishda xorvatiyalikni Evropadagi top-klublardan biri safiga qo'shilishini takidlab kelmoqda. SHaxsan Klopp ham futbolchining tashrifidan mamnun bo'ladi.
Yoshko Gvardiol 2021 yilning yozida Zagrebning "Dinamo"sidan "RB Leypcig"ga o'tgandi. O'shandan beri himoyachi "buqalar" safida 65 ta rasmiy o'yin o'tkazib, uchta gol urdi va sheriklariga to'rtta samarali uzatma amalga oshirdi.
Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari Yoshko Gvardiolani 60 million evroga baholamoqda.
Fikrlar