"Liverpul" o'yinchisini "Roma"ga sotishga tayyor
13 avg 2019 16:55
Yangiliklar


"Liverpul" o'yinchisini "Roma"ga sotishga tayyor
"Liverpul" himoyachisi Deyan Lovren Mersisayd klubidan ketishi mumkin.
Xorvatiyalik futbolchining xizmatlariga "Roma" qiziqmoqda. "Liverpul" himoyachisi uchun 15 million funt so'ramoqda.
Tomonlar muzokara olib borishmoqda va aytish kerakki, Lovren ham Evropa Superkubogi uchun qaydnomaga kiritilmagan.
Lovren yakunlangan mavsum Angliya chempionatida 13ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urishga erishgan.
29 yoshli Lovren faoliyatini Zagrebning "Dinamo" klubida boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi "Liverpul"dan tashqari Zapreshichning "Inter", "Lion" hamda "Sautgempton" klublarida to'p surgan. Deyan 2009 yildan buyon Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar