"Liverpul" osiyolik futbolchini xarid qilishga tayyor
12 dek 2019 16:38
Yangiliklar


"Liverpul" osiyolik futbolchini xarid qilishga tayyor
"RB Zalcburg" hujumchisi Takumi Minamino faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.
24 yoshli yaponiyalik futbolchi CHempionlar Ligasidagi ajoyib o'yinlari tufayli "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.
"Liverpul" Minamoni 7,5 million funtga sotib olmoqchi. Xabarlarga ko'ra, futbolchi Mersisayd klubiga yanvarda o'tishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Minamino Avstriya Bundesligasi 14ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assistga erishdi.
Minamino 2015 yildan buyon Yaponiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar