"Liverpul" - "Norvich" (prevyu)

Aslanov Jasurbek
9 avg 2019, 18:27
Angliya Superkubogi uchun uchrashuvda "Manchester Siti" navbatdagi sovrinni qo'lga kiritgan bo'lsada, Angliyada mavsumni rasman "Liverpul" hamda "Norvich" uchrashuvi ochib beradi.

Ushbu uchrashuv uchun prevyuni e'tiboringizga havola qilamiz.


APLning 2019/20 mavsumiga "Liverpul" - "Norvich" o'yini start beradi. Yurgen Klopp shogirdlari haqida gapiradigan bo'lsak, jamoa bir hafta oldin jiddiy uchrashuv o'tkazishga ulgurdi. "Qizillar" Angliya Superkubogi uchun bahsning penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi. Bu mersisaydliklarni xafa qilmagani aniq, chunki hamma ham bu turnirga jiddiy qaramaydi.


Tarkib haqida gapiradigan bo'lsak, "Liverpul"da jiddiy o'zgarish bo'lmadi. Daniel Starrij, Alberto Moreno va Simon Minole jamoani tark etishdi. "Qizillar" Alisson uchun o'rinbosar bo'ladigan Adrian bilan shartnoma tuzishdi.


"Norvich" haqida gapiradigan bo'lsak, Danieel Fark jamoasi transfer oynasida raqibidan faolroq bo'ldi, ammo faqat juda arzon narxdagi o'yinchilar olindi va erkin agentlar bilan shartnoma imzolandi. Aytgancha, "Norvich" uch yil o'tib Premer-ligaga qaytdi.


"Liverpul" safida Sadio Mane maydonga tushmasligi mumkin. Senegallik Afrika Kubogidan so'ng formasini tiklab olgani yo'q, shu sababli u qaydnomaga kiritilmasa hayron bo'lmang.


Bukmekerlarning taxminicha, ushbu uchrashuvda "Liverpul" katta ustunlik "Liverpul" tomonda.

Taxminiy tarkiblar

"Liverpul": Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Robertson, Veynaldum, Fabino, Xenderson, Saloh, Firmino, Origi.


"Norvich": Fermann, Aarons, Godfri, Kloze, Lyuis, Vranchich, Tribull, Buendia, Shtipermann, Ernandes, Pukki.


Qiziqarli ma'lumotlar: 


- So'nggi bor bu jamoalar 2016 yil yanvar oyida to'qnash kelishgan. O'shanda "Liverpul" 5:4 hisobida "Norvich"ni mehmonda mag'lub etgan.


- "Liverpul" o'z uyida 40ta uchrashuvdan beri mag'lub bo'lmayapti: 30ta g'alaba, 10ta durang. Seriya 2017 yilning aprelidan beri davom etmoqda.


- Roberto Firmino "Norvich"ga qarshi bahslarda 2ta gol urib, 1ta golga assistentlik qilgan. U Angliya chempionati bahslarida yana 2ta gol ursa, Premer-ligada 50ta golga mualliflik qilgan birinchi braziliyalikka aylanadi.



EPLmanager. 1-turda maydonga tushmaydigan futbolchilar

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia