"Liverpul" norvegiyalik vunderkind uchun kurashda favorit
05 dek 2014 14:43
Yangiliklar

"Liverpul" norvegiyalik vunderkind uchun kurashda favorit
Jahon futbolining vunderkindi 15 yoshli Martin Edegor payshanba kuni "Liverpul" bazasida bo'ldi.
Edegor Evropa chempionati saralashi doirasidagi o'yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'ldi. Martin 15 yosh 300 kunligida Norvegiya termasi safida Bolgariyaga qarshi o'ynagandi.
Evropaning bir qator klublari norvegiyalik bolakay uchun millionlab pul to'lashga tayyor. Davogarlar orasida "Real", "Bavariya", "Manchester Yunayted" va "Borussiya" kabi klublar bor.
17 dekabrda Edegor 16 yoshga to'ladi va ilk professional shartnomasini tuzishi mumkin. The Telegraph nashrining xabariga ko'ra, ayni paytda Martin uchun kurashda "Liverpul" favorit.
Martin va uning otasi anchadan buyon "Liverpul"ning ashaddiy ishqibozlari hisoblanadi, payshanba kuni Mersisayd klubi unga "Enfild" stadioni va baza bo'ylab maxsus ekskursiya o'tkazdi. Yaqin orada Edegor o'z kelajagi borasida yakuniy qaror chiqaradi.

Fikrlar