"Liverpul" nima uchun katta transferlarni amalga oshirmaydi? Klopp javob berdi
07 iyu 2020 11:33
Yangiliklar


"Liverpul" nima uchun katta transferlarni amalga oshirmaydi? Klopp javob berdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozgi transferlar oynasi vaqtida klub nima sababdan katta summa evaziga futbolchilarni olib kelmasligini aytdi.
"Hozirda barcha klublar katta summa ishlatishyapti. Biz chiptalar ortidan ushbu pullarni qaytarib olishimiz kerak. Balki kelasi mavsumda ham o'yinlar muxlislarsiz o'tishi mumkindir. Yoki kamida dastlabki 10-15 o'yin bo'sh tribunalar ostida kechadi. Bu esa homiylarga, hamkorlarga ham tasir o'tkazib, barchasini o'zgartirib yuborishi mumkin. Agarda futbolchilar bilan maoshini pasaytirish borasida kelishib olsak, o'shandagina 50-60 million evroga futbolchilar olib kelishimiz mumkin bo'ladi", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar