"Liverpul" niderlandiyalik futbolchi bilan muzokara o'tkazyapti
24 iyu 2020 20:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582929_original.jpg)
![](/upload/storage/582929_220.jpg)
"Liverpul" niderlandiyalik futbolchi bilan muzokara o'tkazyapti
Bu haqida italiyalik jurnalist Fabricio Romano xabar qildi.
"Liverpul" jamoa yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi. SHu tufayli "qizillar" rahbariyati futbolchi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlab yuborgan.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli niderlandiyalik o'yinchi Mersisayd klubi tarkibiga 2016 yilning yozida "Nyukasl"dan kelib qo'shilgandi (27,5 mln funt).
Joriy mavsum barcha musobaqalarda 46 ta o'yin o'tkazgan Veynaldum 6 golga mualliflik qildi. Uning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyunida nihoyasiga etadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar