"Liverpul" Montoyya uchun kurashga qo'shildi
29 noy 2013 12:00
Yangiliklar


"Liverpul" Montoyya uchun kurashga qo'shildi
"Barselona"ning 22 yoshli o'ng qanot himoyachisi Martin Montoyya "Liverpul" jamoasi qiziqishlari doirasiga kiradi, deb aytmoqda The Telegraph.
Ingliz klubi kataloniyaliklar bilan futbolchi borasida muzokaralarga kirishgan. 2014 yil yozida Montoyyaning "Barsa" bilan shartnomasi yakuniga etadi, lekin "qizillar" himoyachini qishdayoq tarkiblariga qo'shib olmoqchilar. Avvalroq bu futbolchiga Italiyaning "Inter" jamoasi jiddiy qiziqish bildirayotgani malum bo'lgandi. Davom etayotgan mavsumda Montoyya 6 uchrashuvda maydonga tushdi va bir bor golli pas muallifiga aylandi.

Fikrlar