"Liverpul" jamoa etakchilaridan biri bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshladi
10 sen 2019 17:41
Yangiliklar


"Liverpul" jamoa etakchilaridan biri bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshladi
"Liverpul" yarim himoyachi Jeyms Milnerni tarkibda saqlab qolmoqchi.
Mersisaydliklar shartnomani uzaytirish bo'yicha asosiy muzokaralarni o'tkazib bo'lishdi va keyingi bosqich tez orada bo'lib o'tishi kutilmoqda.
33 yoshli ingliz futbolchisining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2020 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
SHunday ekan, futbolchi yanvarda boshqa klublar bilan muzokaralar o'tkazish huquqiga ega.
Qayd etilishicha, ikkala tomon ham muhokama qilishi kerak bo'lgan jihatlar ko'p. Milner klubdagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilardan biri. U haftasiga 120 ming funt maosh oladi. Ammo, futbolchining o'zi asosiy tarkibdagi joyiga shubha bilan qaramoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar