"Liverpul" hali Tiago bo'yicha taklif tayyorlamadi
24 iyu 2020 16:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582909_original.jpg)
![](/upload/storage/582909_220.jpg)
"Liverpul" hali Tiago bo'yicha taklif tayyorlamadi
"Bavariya" yarim himoyachisi Tiago Alkantaraning kelajagi so'roq ostida qolmoqda.
Tiagoga qiziqish bildirayotgani aytilgan "Liverpul" hali ispaniyalik futbolchi borasida bitta ham taklif bermagan.
Qayd etish kerakki, Alkantara CHempionlar Ligasining qolgan o'yinlarini "Bavariya" tarkibida o'tkazadi.
Oldinroq, "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning 29 yoshli ispaniyalik futbolchiga qiziqayotgani, klub shuningdek futbolchi bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgani aytilgan edi.
Tiago joriy mavsum "Bavariya" safida Bundesliga doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar